Hindistonda erkak va ilonning nikoh marosimi to‘xtatildi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida mahalliy aholi vakillaridan biri ilonga uylanmoqchi bo‘ldi.
The Daily Mirror gazetasida yozilishicha, yigit ilonning o‘tgan hayotda go‘zal qiz bo‘lgan deb ishongan. Bundan tashqari, u o‘zining ham kechalari ilonga aylanib, bo‘lajak rafiqasi bilan aloqa qila olishini e’tirof etgan.
Mahalliy ibodatxonada o‘tkazilayotgan nikoh marosimiga 15 ming mehmon tashrif buyurgan. Ammo polisiya xodimlari voqea joyiga yetib kelib, marosimni to‘xtatgan. “Kuyov” va uning otasi jamoat tartibini buzishda ayblangan. Marosim to‘xtatilishidan norozi bo‘lgan mehmonlarni uylariga qaytarish uchun qo‘shimcha kuch chaqirishga to‘g‘ri kelgan.
qanday bemanilik nima bu bilan odamlar o'zlarini hayvonlar bilan tenglashtirishga urinishyaptimi? Axir aql idrok nima uchun aynan insonga berilgan. Hayvonlardan farq qilish uchun emasmi?