Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Titanik-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Pokistonda toshqin oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning shimoli-g‘arbida kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinida 27 kishi halok bo‘ldi, 200 nafardan ziyodroq odam jarohat oldi. Bu haqda 26 aprelda Reuters axborot agentligi mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Kuchli shamol daraxtlar va elektr uzatish liniyasi ustunlarini qulatib, uylarni vayronaga aylantirdi. Xayber-Paxtunxva shtati axborot vaziri Mushtoq G‘aniyning xabar berishicha, barcha mahalliy shifoxonalarda favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.
Jala kechasi bilan yog‘ishda davom etishi ehtimoli mavjudligi tufayli Xayber-Paxtunxva shtati poytaxti Peshavor aeroportidagi barcha parvozlar bekor qilindi.
Yomg‘ir infratuzilmaga ham jiddiy ziyon keltirdi. Tabiiy ofat yuz bergan hududlarga qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish uchun qo‘shinlar yuborildi.
2014 yilning avgust-sentyabrida Pokistonning shimoli-sharqiy shtatlarida yuz bergan bir necha toshqinlar oqibatida 300 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgan edi. Bu toshqin 2010 yilda yuz bergan va 1800dan ziyodroq odamning hayotini olib ketgan hamda 10 millionlab pokistonliklarning boshpanasiz qolishiga sabab bo‘lgan toshqindan keyingi eng kuchli toshqin bo‘lgandi.
Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2632 | Рейтинг: 1| Рейтинг: to‘rt qo‘l, Hindiston, chaqaloq tug‘ildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное