Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Hindistonlik ayol kutilmaganda 5 farzandni dunyoga keltirdi

25 yoshli hindistonlik Manita Singx ismli ayol kutilmaganda 5 farzandni dunyoga keltirdi. Homiladorlikning 26 haftasida uni to‘lg‘oq tutib, kasalxonasiga olib borilganda, yarim soat mobaynida 5 qizaloqni dunyoga keltirgan
Manita tug‘ruqqa qadar biror tibbiy tekshiruvdan o‘tmaganligi bois, 5 qizaloqning dunyoga kelishi tibbiyot xodimlariga ham, uning o‘ziga ham kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Har bir chaqaloqning og‘irligi 1,200 kilogramm. Hozircha bolalar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tayyorlangan maxsus intensiv palatada saqlanmoqda. Manitaning yaqinlari uning 5 farzand dunyoga keltirganini taqdirning in’omi deb qabul qilishdi. Chunki Manita bundan 1 yil ilgari o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan, ammo bola tug‘ilgach vafot etgan.
Shifokorlar tabiiy yo‘l bilan 5 bolaning dunyoga kelishi 60 milliondan bittaga to‘g‘ri kelishini, besh nafar bir jinsli bolaning tug‘ilishi ham kamdan-kam uchraydigan hol ekanligini ma’lum qilishgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4489 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 5 farzand, kutilmaganda, Hindistonlik ayol, dunyoga keltirdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное