Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Berlinda 65 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi

Germaniyada 65 yoshli o‘qituvchi ayol birdaniga 4 nafar egizak farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Assosheyted Press xabar berdi.
Shifokorlar maxsus jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ish jarayoniga yordam berishgan. Tug‘ilgan chaqaloqlarning 3 nafari o‘g‘il va biri qizaloq ekani ma’lum bo‘lgan. Chaqaloqlarning vazni 655 grammdan 960 grammgacha chiqqan.
Frau Annegret Raunigk o‘z farzandlariga Nita, Dris, Bens va Fonn ismlarini qo‘ygan.
Bolalar homiladorlikning 26-haftasida tug‘ilishgan va ularning yashab qolishi imkoniyatlari yaxshi baholanmoqda. Onaning ahvoli ham barqarorligi aytilgan.
Annegret Raunigk bungacha ham 13 farzandni dunyoga keltirgan bo‘lib, hozirda ularning eng kichigi 9 yoshda, eng kattasi esa 44 yoshda. Shifokorlar unga boshqa homilador bo‘lmaslikni maslahat qilishgan bo‘lsada, u o‘zining kichik o‘g‘liga uka va singil tug‘ib berishni istagan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7688 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: egizak, 4 nafar, Ayol, Berlin, dunyoga keltirdi, farzand
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Muslima979797 Iloyim umri bn bersn
Like | 0
yulduz0653 Qoyile
Like | 0
Mikki Malades bravooooo.Umri b.n bergani rost bôlsin. :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное