Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Jumong-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Merlin-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ayol Qalbi - True Love
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbek ayollari nechta farzand ko‘rishni istaydi?
O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida oilada nechta farzand ko‘rishni istayotganlari haqida so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnoma “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, so‘rovnomalar  joriy yilning 8 avgustdan 15 sentyabrga qadar barcha hududlarda, 15 ta shahar, 33 ta tuman va 204 ta mahallada o‘tkazilgan.

Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistondagi ayollarning 47,3 foizi 4 nafar, 38,6 foizi 3 nafar farzandli bo‘lishni rejalashtirishgan.

Shuningdek, har yettinchi xotin-qizlar (15,3 foizi) 2 nafar farzand bitta oila uchun yetarli deb hisoblagan. Ushbu javob ko‘proq oliy ma’lumotli ayollarda kuzatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xotin-qizlarning 64,4 foizi homiladorlikdan saqlanish to‘g‘risida yetarli darajada, 13,1 foizi qisman xabardor, 22,5 foizi umuman ma’lumotga ega emas.

Bundan tashqari har o‘ninchi holatda (9,3 foizda) kuzatilgan istalmagan homiladorlik himoyalanish vositalari taqchilligi tufayli yuzaga kelishi aniqlangan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1846 | Рейтинг: 0| Рейтинг: istaydi, farzand, ko‘rishni, Ayol, nechta, O‘zbek
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное