Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Pazanda - Im Loving You
. Pazanda - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ayol Qalbi - You can't say
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining nomidan foydalanib yurganlarga murojaat qildi

“Qo‘ysangchi!”, “Bunday o‘ylab qarasam menga ‘nevigodniy’ ekan”, “Qarg‘adan makkadek-makkadek ter oqib ketyapti!..”. Bu unutilmas iqtiboslar kulguning 99 turini, uning qanday bo‘lishini o‘rgatib ketgan taniqli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevga tegishli.
Jurnalist Feruz Muhammad uning qizi — Intizor Tojiboyeva bilan suhbatlashib, Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi kunlari qanday kechgani, taniqli so‘z ustasining o‘limidan so‘ng uning shogirdlari san’atkorning oilasiga qanday munosabat ko‘rsatgani va Intizorning ijoddagi o‘z yo‘li haqidagi savollarga javob oldi.
— O‘zingiz haqingizda so‘zlab bersangiz: ayni damda nimalar bilan bandsiz, o‘qish, ish, oilaviy hayotingiz qanday kechmoqda?
— O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida drama va kino aktyorligi fakultetining birinchi kursida o‘qiyman. Oilamizdan faqatgina men san’at yo‘lini tanladim.
— Dadangizning so‘nggi kunlari qanday kechgan edi?
— O‘sha vaqtda mazalari yo‘q edi, dadam shifokorlar nazoratida edi. Ancha yillar davolanganlar, ‘Hali tuzalib ketsam, konsert beraman’, deb yurgandilar. Ular haqida odamlar tarqatgan gap-so‘zlardan, mish-mishlardan jahlim chiqadi.
— Qanday mish-mishlarni nazarda tutyapsiz?
— Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan deyishlari yoki kimdir o‘ldirgan degan yolg‘on, bo‘lmagan gaplarni eshitish og‘ir botadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi konsertlarida ahvollari juda og‘ir edi. Dadam hayot bo‘lganlarida 60 yillik yubeleylarini nishonlagan bo‘lar edik.
— Dadangizni qaysi shogirdlari uning o‘limidan so‘ng oilangizni qo‘llab-quvvatlab turdi?
— To‘g‘risi, hech kim yordam bermagan.
— Avaz Oxun: “Hojiboy Tojiboyev — ustozim”, deb ko‘p marta ta’kidlagan. U ham yo‘qlab turmaganmi?
— Yo‘q, yo‘qlab turmagan.
— Nahotki shogirdlarning hech biri yordam bermagan?
— Faqat “Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas.
— Avaz Oxunni konsertiga borgan edingiz, adashmasam, onangiz ham boruvdilar.
— Shaxsan men bormaganman, singlim bilan onam borganlar.
— Dadangizning nomidan foydalanib yurganlarga nima degan bo‘lardingiz?
— Har kim o‘z yo‘nalishida ijod qilishini xohlardim. “Hojiboy Tojiboyevning shogirdiman” deb nom chiqarganlarning konsertiga borayotganlar, shubhasiz, dadamning muxlislaridir. Hojiboy Tojiboyevni takrorlamasdan, o‘z yo‘nalishlarini topib, ijod qilishlarini so‘ragan bo‘lardim.
— Har xil kulgu jamoalari otangizning hazillaridan foydalanib, chiqishlar qiladi. Ularga munosabatingiz qanday?
—E’tirozim yo‘q, ular dadamning nomini eslab o‘tishadi. Har holda jamoalarning yo‘nalishi boshqacha.
— Qiynalganingizda dadangizning qaysi so‘zlari yoki hazillari sizni olg‘a qadam tashlashga chorlaydi?
— Dadam vafot etganlarida juda yosh edim. Xafa bo‘lganimda: “Intizorim, men borman-ku, hammasi yaxshi bo‘ladi”, derdilar. “Men bormanku!” degan gaplari hozirga qadar meni oldinga yurishga undaydi. Men uchun dadam har doim hayotlar.
— Qaysi filmlarda suratga tushgansiz?
— “Ota” filmida qiz nevara rolini ijro etganman. “Sotqin” filmidagi rolim “Ota” filmidagidek katta bo‘lmasa-da, esda qolarli: otasi tufayli garovga olingan sodda, 16 yoshli beg‘ubor qiz rolini ijro etganman. Bundan tashqari, “Garov”, “Begona” filmlarida ham suratga tushganman.
— Kinoda yana qanday takliflar bo‘lyapti? Qaysi rejissorlar bilan ishlash siz uchun zavq bag‘ishlaydi?
— Takliflar bo‘lyapti, ammo hozir o‘qish bilan bandman. Rustam Sa’diyevni juda hurmat qilaman. Ular bilan ishlash maroqli. Bu rejissor bilan yana ishlashni xohlardim. “Ota” filmining rejissori Ma’ruf Otajonov va “Begona” filmining rejissori Olim Sulaymonovlarni ham juda hurmat qilaman. Kinoda ilk qadamlarimni shu insonlar tufayli qo‘yganman.
— San’atda qaysi marralarni ko‘zlagansiz? Dadangizdek millionlab qalblarga kira oladigan shahdni o‘zingizda sezasizmi?
— Xuddi dadamdek mashhur bo‘lish, millionlab insonlar qalbidan joy olish mushkul vazifa. Lekin men astoydil harakat qilaman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12388 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hojiboy Tojiboyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
shuhrishka_1989 :D :D
Like | 0
аватар отсутствует Togri yozibdi, hamma sanatga chiqayotganda kimdirning nomi orqali chiqadi,
Like | 0
Salohiddin97 Ijodingizga omad.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное