Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Honda yangi 7 o‘rinli krossover yaratdi

Honda kompaniyasi BR-V nomini olgan yangi 7 o‘rinli krossover bilan mijozlarni tanishtirdi. Prototip Indoneziyadagi avtosalonda ko‘rsatilgan, tovar versiyasi 2016 yil boshida chiqariladi.
Yo‘ltanlamas 1.5 l li benzin dvigateli yordamida harakatga keltiriladi; ushbu agregatning quvvati 120 ot kuchi ekvivalentiga teng. U 6 bosqichli mexanik o‘tkazmalar qutisi bilan uyg‘unlashtirilgan.
Shuningdek, mashina svetodiodli orqa chiroqlar, 16 dyuymli g‘ildirak disklari, 2-qator o‘rindiqlari uchun shamol eltgich, frontal xavfsizlik yostiqlari, barqarorlashtirish tizimi va tog‘larga chiqishda yordam beruvchi funksiya bilan ta’minlangan.
BR-V Honda’ning Indoneziyaning Karavang shahridagi korxonasida ishlab chiqariladi. Krossoverning narxlari 16.6 ming dollardan boshlanadi.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3932 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi, avto, honda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi Qoyil
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное