Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Ichkarida serialidagi Dovut — Rizo Kodjaoglu haqida


“Sevimli Tv” namoyish etilib, allaqachon o‘z tomoshabinini topgan “Ichkarida” serialining ijodiy jamoasi bilan tanishtirishda davom etamiz.

Rizo Kodjayoglu — 1979 yil 19 mart Izmirda tug‘ilgan. To‘qqizinchi sentabr universitetining aktyorlik mahorati fakultetini tamomlagan.

Bezori yigit

Aktyor ko‘proq jangari va ekshn janrlaridagi filmlar orqali ko‘zga ko‘ringan. U ilk rolini “Menga omad tilang” serialida ijro etgan. 2004 yilning o‘zida u bir emas, ikkita — “Yangi hayot” va “Ruhing eshitmaydi” seriallarida band bo‘lib, tomoshabinlar e’tborini tortgandi. Aktyorga haqiqiy mashhurlikni esa 2004-2005 yillarda suratga olingan “Tungi sayr” seriali olib kelgan. Ammo “Tungi sayr”dan so‘ng aktyor ishtirok etgan sakkiz-to‘qqizta serial omadsiz bo‘ldi. Shu sabab Rizo to‘rt yillik tanaffus e’lon qilgan. 2009 yil esa detektiv janridagi “Temmuza” seriali qahramoni uni qayta kashf etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Serilda aktyor bezori va bosqinchi yigit rolini gavdalantirgan.

Shuningdek, “Ov mavsumi”, “Omadsizlar klubi” “Kuzey Gyuney”, “Karaday” kabi seriallardagi ishtiroki ham aktyor uchun muvoffaqiyatli bo‘ldi. Mazkur seriallar orqali Rizo, salbiy va ijobiy qahramonlarni ham birdek mahorat bilan ijro eta olishini isbotladi. 2016 yil suratga olingan “Eng yaxshi ifor” filmida aktyor mashhur aktrisa Tuboy Unsal bilan partnerlikda ishlagan. Sevishgan qahramonlar obrazi ikki ijodkorga ham omadli keldi. Bu hamkorlikdan so‘ng aktyor bir qancha nufuzli taqdimotlarda taqdirlanadi va hatto 2017 yil filmning davomi suratga olina boshlandi. Ayni kunlarda, “Ichkarida” serialidan u turk televideniesida namoyish etilayotgan “Chuqur” serialida ham ishlamoqda.

Shaxsiy hayot

Rizo kino olamida bir o‘zi emas, singlisi aktrisa Ozge Kodjayoglu bilan birgalikda tilga olinadi. Aktyor shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarning barchasini ochiq qoldiradi.



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 7911 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ichkarida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное