Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Ichkarida Turk seriali qanday yakun topadi (Voqealar rivoji)

Siz sevgan Ichkarida (Icerde, Внутри) turk seriali voqealar qanday tus oladi, Serial qanday yakun topadi. Javob bizda...
2016 yilda Turkiyaning “Ay Yapim” prodyuserlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Ichkarida” seriali ekran yuzini ko‘rdi va nihoyatda qisqa fursat ichida xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi. Ajoyib rejissor Uluch Bayraktar yaratgan kartinani muvaffaqiyatli chiqqan deb bemalol aytish mumkin. Bosh rollardan birini taniqli aktyor Chag‘atay Ulusoy (Sarp) mahorat bilan o‘ynagan. Mert rolini ijro qilgan Aras Bulut Iynemli ham o‘z rolini yaxshi o‘ynagan. Bu ikkisi haqida ular rol o‘ynamagan, ular serialda “yashagan” deyish mumkin.


Endi Mert politsiya hodimi emas, aksincha Jalolning odamiga aylangan edi. Yusuf Mudir Melekning o'limidan juda tasirlangan Mertni ko'radi va u Jalolning odami ekanligini bilib qolib, ishdan haydaydi. Mert endi Jalol bilan.
Sarp ham politsiyachi ekani fosh bo'ladi. Uni Mert fosh qiladi. Achinarli aslida aka-uka bo'lgan insonlar bir-birlari bilan shu qadar urshadilar. Ochig'i film va ushbu aka-ukalar obrizini gavdalantirgan ikki aktiyor mahoratiga tan berdim.


Serialning so'ngi qismlarida nihoyat Sarp va Mert aka-uka ekanliklarini bilishadi. Endi ular birlashgan holda Jalol otaga qarshi reja tuzishadi. 

Kurash ham uzoq davom etadi, Kabobchi Jalol ikki aka-uka va ularning onasini garov olib o'ldirishga ham urinadi. Ko'p taxdid va urishlardan so'ng ular Jalolni politsiyaga toshirishadi. Jalol qamaldi. Dovud esa o'zini-o'zi o'ldiradi.
Panjara ortida o'tirgan Jalol ham aqldan ozadi. Ko'ziga marhum Yusuf Mudir hamda qizi Melek ko'rinadi. O'sha kamerasida Jalol o'zini osib qo'yadi. Achinarli ammo munosib o'lim.

Nihoyat Sarp ukasini, Umut (Mert) esa o'z oilasini topdi. Mert va Elem turmush qurishadi. Serial yakunida naqadar baxtli bu oilani ko'rib havasangiz kelsa ne ajab. 
Sizlarga serial haqida yanada ko'p so'zlab bergim kelmoqda. Ammo ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan avzal deb bejiz aytishmagan.
Barchangizga Ichkarida Turk serialini tomosha qilishni tavfsiya etamiz. 
Filmni tomosha qilish uchun sarflagan vaqtingizga achinmasligingizni kafolatlaymiz.


Manba:tarona.net
Категория:
Просмотров: 20381 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ichkarida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Ozodoooo558 %) %)
Like | 0
NuR_KR B) kurib buldim yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное