Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Ikki xon "qirol" xonni ko‘ra olmaydi(mi)?

“Ko‘rolmaslik” yo “ichdan zil ketish” hamma joyda bor. Ayniqsa, Bollivudda bu “loy chaplash”ga urinish ancha kuchaygan. Shoxruh Xonni “Bollivud qiroli” deya ta’riflanishi ko‘plab aktyorlarni g‘ashiga tegadi. Biroq, bu yuksak e’tirofni Shoxruh Xonning o‘zi o‘ylab topgani yo‘q-ku?! OAVlari xodimlari, muxlislar shunday e’zozlasa, “bechora” Xonda nima ayb? Ko‘ngilni keng qilish kerak. Taqdir shunday siylasa, har kim o‘z peshonasidan ko‘rishi kerak. Xonning necha yillik do‘sti, xoreograf va rejissyor Farah Xon yangi kartinasi “Yangi Yilingiz bilan”da bosh rolda Shohruh Xonni suratga oldi. Farah Xon do‘sti bilan ilk bora ishlashi emas. Ular hamkorligidagi “Men borman-ku?!” hamda “ Om shanti Om” filmlari katta muvaffaqiyatga erishgan. Hindistonda keng nishonlanadigan “Divali” bayrami arafasida premera qilinishi rejalashtirilgan “Yangi yilingiz bilan” reklamasi shu kunlarda boshlab yuborildi. Film posterlari esa ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Amir Xon va Salmon Xon esa negadir bu posterlarni xushlamadi. Ochiqchasiga “Qirol Xon”ga “loy chaplash”ga o‘tishdi. Avvalo, Amir Xon boshladi: u qip-yalong‘och suratini (faqat bir joyini yolg‘on bekitgan bo‘lib) yangi film posteri bilan yonma-yon internetga joylab, tomoshabinlar diqqatini tortish “mana bunday bo‘libdi” qabilida mazax qilishga urindi. Salmon Xon esa tvitterdagi  sahifasida film reklamasini ochiqchasiga “o‘sroq” deya ta’rifladi. Xo‘sh, innankeyin-chi? Lozimmi, shu qadar hasadgo‘ylik? Eng qizig‘i, bu holatni omma “zab boplashdi” deya qabul qilmadi! Akchincha, hindistonlik jurnalistlar ikki Xon hamkasbiga nisbatan sharmandalarcha “tosh” otishga urinishganini qattiq tanqid ostiga olishdi. Shohruh Xon shu paytga qadar Salmon Xon va Amir Xon ijodiga nisbatan bunday negativ munosabatda bo‘lmaganini inobatga olsak, ikki Xon “Qirol Xon” ta’rifini hanuz hazm qila olmayotgani aniq. Yo yana boshqa sabablar bordir? Muhimi, har qanday vaziyatda ham pastkashlikka bormaslik kerak!
Jasur HAMROYEV 


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 11987 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Shoxruxkhan, Ko‘rolmaslik, Qirol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
9398029 Man ucun SALMON XON eng z6ri
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное