Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Iliq qish sovuq bahordan darakmi?

Mana, qish faslining so‘nggi oyi ham oxirlab qoldi. Lekin deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Ammo hali tabiat injiqliklari nimalarni tuhfa etishi bizga noma’lum. Ehtimol o‘tgan yilgi kabi bahorda qor yog‘ishi mumkin. Ammo NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yil meteokuzatuv tarixidagi eng iliq yil bo‘lgan ekan. Xo‘sh, bizning yurtimizdagi bu yilgi qish ob-havosi qay darajada iliq keldi, qish mavsumi bahorga siljidi, degan gaplar qanchalik asosli? Bu kabi savollarga javob olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometrologiya xizmati sinoptiklariga murojjat qildik.
2015 YIL ENG ILIQ YIL BO‘LDI!
Irina Zayseva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometrologiya xizmati bosh sinoptigi:
—  Bunday ma’lumotlarni qayd etish 1880 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  NASA tashkilotida o‘tkazilgan tadqiqotlarga asosan, yer sharimizda 2015 yil eng iliq yil bo‘ldi. Bunday anomal holatning sababini olimlar ikki omilning birgalikda bo‘lishi — issiqxona  effektning ta’siri, deb hisoblaydilar. Bu narsa inson faoliyati hisobiga kuchayadi va Tinch okeani ustki qatlam haroratining o‘zgarib turishi (El-Nino hodisasi) sodir bo‘ladi. Ushbu qish mavsumida esa bu hodisa tufayli atmosferaga keladigan issiqlik miqdori o‘tgan yuz yil ichida eng yuqori  bo‘ldi va hamma rekordlardan o‘tib ketdi. 
ENG ILIQ  QISh  YILLARI:
•  Dekabr oyi uchun – 1915 yilda 270 iliq;
•  Yanvar oyi uchun – 1966 va 2007 yillarda 220 iliq;
•  Fevral oyi uchun – 1963 yilda 260 iliq.
—  Internet va boshqa xalqaro manbalarda qish mavsumi bahorga siljidi, deya prognozlashmoqda. Mutaxassislarning taxmin qilishlari uchun  asos bormi?
—  Mamlakatimizda erta bahorda qor yog‘ishi kuzatilib turadi. O‘tgan yili hatto mart oyining oxirida ham qor yog‘di. Eng kech qor yog‘ishi  aprel oyida kuzatilgan. Qish mavsumi bahorga siljidi, deb aytish bu aniq ma’lumot emas, sababi bahorda, ayniqsa mart oyida ob-havoning keskin o‘zgarishi bizning iqlimimizga xos xususiyatdir. 
Turli ma’lumotlarda ob-havoni uzoq muddatga prognozlashi uchun hech qanday ilmiy asos yo‘q.
Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda olti kun ichida oldindan prognozlash butun dunyoda eng ishonchli, deb hisoblanadi. 10 kungacha bo‘lgan muddat uchun berilgan prognoz uncha aniq bo‘lmaydi, xatolik ham katta bo‘lishi mumkin. Buni ob-havo saytlarida barvaqt berilgan prognozlar bilan solishtirsangiz bilib olasiz. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bir oy yoki mavsum ob-havosini prognoz qilish jarayonida ushbu muddatning odatdagidan farqini - iliqroq yoki sovuqroq kelishi, yog‘ingarchilikning qiyosiy miqdori haqida  umumiy baho berish mumkin, xolos. Biroq bunday baholash aniqligi ham hali yetarlicha emas.
YoG‘INGARChILIKLARSIZ HAM HOSIL YaXShI BO‘LADIMI?
Yog‘ingarchilik va havo mo‘’tadilliginiing me’yorida bo‘lmasligi qishloq xo‘jaligida ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Qish va bahor qor-yomg‘irlaridan to‘yingan tog‘lar va yerlar olinajak hosillarimiz asosi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Har doimgidan iliq va nisbatan quruq  kelgan ushbu mavsum esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarimizni ekish va yetishtirish, ularni suv bilan ta’minlash jarayoniga qanchalik ta’sir etishi mumkin. Ayni ushbu holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan bog‘landik.
—  Bu yil qish mavsumi har doimgidanda iliq keldi, ammo xalqaro meteokuzatuvchilar bahorda qor yog‘ishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Agar mana shunday iqlim o‘zgarishi sabab, yog‘ingarchilik vaqtida bo‘lmasa yoki bahorda qor yog‘sa, qishloq xo‘jalik maxsulotlariga ziyon yetmaydimi?
Qishloq xo‘jalik vazirligining soha olim va mutaxassislari bergan ma’lumotlar asosida Axborot-tahlil va matbuot xizmati javob beradi:
—  Bugungi kunda yuz berayotgan global isish  sababli ob-havoni va yil fasllari bo‘yicha iqlim o‘zgarishlarini oldindan prognoz qilish juda qiyinlashib bormoqda. So‘nggi 2-3 yil davomida respublikamiz hududida kuzatilayotgan iliq qish, yoz oylaridagi yomg‘irlar yoki dunyoning boshqa mintaqalarida o‘sha mintaqa uchun xos bo‘lmagan anomal ob-havo, ya’ni janubiy Osiyo davlatlarida qor yog‘ishi, Yevropa mamlakatlaridagi kuchli qor, suv toshqinlarining yuzaga kelishi mutaxassis bo‘lmagan kishilarga ham ayon bo‘lmoqda. Shuning uchun ob-havo soxasidagi mutaxassislariing taxminlari har doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi.
Qishning sovuq kelishi, qorning ko‘p bo‘lishi doimo qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bergan. Bu asosan — tuproqda namliknipg mo‘l bo‘lishi, o‘simliklar kasallik va zararkunandalarining keskin kamayishi orqali namoyon bo‘ladi.
Bahorda kuzatiladigan qor yog‘ishi va keskin sovuqlar iliq kelgan qishdan keyin qishloq xo‘jaligi uchun zarar keltirishi tayin. Bu ayniqsa, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalari uchun zarar keltirishi mumkin. Shunga ko‘ra, soha olim va mutaxassislari tomonidan turli agrotexnik usullarni qo‘llagan holda bog‘ va toklarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, bog‘larni sug‘orish, bog‘larda tutun hosil qilish, ko‘milgan uzumlarni ochishni kechiktirib turish va boshqa usullarni qo‘llab bog‘ va tokzorlarni qisqa muddatli sovuq ta’siridan asrab qolish mumkin.
—  Iqlim o‘zgarishi sabab qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekish va yetishtirish va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga soha mutaxassislari tomonidan qanday tayyorgarlik ko‘rilgan?
—  O‘zbekiston  bir-biridan farq qiluvchi turli tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlardan tashkil topgan mamlakat hisoblanadi. Keskin sovuqlar yoki keskin issiqlar barcha hududlarda ham yoppasiga kuzatilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizning barcha mintaqalarida qish va bahor oylarida bozorlardagi mahsulotlar va ularning narxlari barqarorligini ta’minlash uchun meva va sabzavotlarniig yetarli miqdordagi zaxiralari yaratilib boriladi.
Ta’kidlash lozimki, hozirda soha olimlari sovuqqa va boshqa stress holatlarga chidamli, kechroq gullaydigan mevali daraxtlar, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari navlarini yaratish ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borishmoqda hamda bu borada muayyan natijalarga erishilmoqda. Bundan tashqari, agrotexnik tadbirlar orqali o‘simliklarni to‘satdan kelgan keskin sovuq va o‘ta iliq havoning oqibatlaridan saqlashning samarali yo‘llari yaratilgan va ular takomillashtirib borilmokda.
Keyingi yillarda zamonaviy texnologiyalar asosidagi muzlatkichli omborxonalar qurishga katta e’tibor qaratilmoqda, bu ham meva-sabzavot mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Kolaversa, bugungi kunda bunday vaziyatlar butun dunyoda ham eksport- import operatsiyalari orqali aholining manfaatlari doirasida oson boshqariladi.
O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti sabzavot, kartoshka va poliz ekinlaridan yiliga 2-3 marta hosil olish imkonini beradi. Shu sababli ertaki, o‘rtaki va kechki sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi va ists’mol, qayta ishlash va eksport uchun doimiy ravishda yetkazib berib boriladi.
Shuningdek, mamlakatimiz aholisi, dunyo bozorlaridagi talabning oshishini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasi o‘laroq kartoshka, sabzavot, moyli va ozuqa ekinlari, bog‘ va tokzorlarning maydonlari muttasil kengaytirilib borilmoqda.
Bu tadbirlar kutilmagan har qanday ob-havo sharoitida ham barqaror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ta’minlash, bozorlardagi to‘kin-sochinlik, narx-navoning barqarorligini saqlab turishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
DEHQONChILIK YaXShI BO‘LMASA, NARXLAR QIMMATLAShADIMI?
“Toshbozorsavdo” uyushmasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxlarida keskin tafovutlar kuzatilmagan. Shunday holatlar yuz berganda esa, aholiga qulaylik yaratish va narxlar mo‘’tadilligini ta’minlash maqsadida “arzonlashtirilgan rastalar” tashkil etiladi. Bulardan doimiy faoliyat yurituvchi “Elga xizmat” hamda mavsumiy bayram yarmarkalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Bozorlarimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan aholi talab va taklifidan kelib chiqib narxlar shakllantiriladi hamda imkon qadar talabi yuqori bo‘layotgan mahsulotlarni ko‘proq bozorga olib kirishga harakat qilinadi va bu orqali ma’lum sabzavot yoki mevalarning narxlari ko‘tarilib ketmasligiga erishiladi.
Shuningdek, ertangi narxlarni shakllantirishda esa bozorlarga qishloq xo‘jalik maxsulotlarini tadbirkorlardan oldin dehqonlar bilan shartnomalar tuzgan holda “Elga xizmat” yarmarkalari orqali birinchi bo‘lib sotuvga qo‘yishga harakat qilinadi. Bu esa o‘z-o‘zidan bozor tadbirkorlarining ham shunga qarab o‘z  narxlarini belgilashga majbur qiladi.
Bu bilan aniq aytishimiz mumkinki, ob-havo noqulayliklari tufayli o‘ta serhosil bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham bozorlarda qimmat narxlarda baholanishiga olib kelmaydi. Shuningdek, har bir mahsulotlar bilan bozorlarni to‘laqonli ta’minlash uchun har qanday ob-havoga ham dehqon tomonidan, ham bozor ma’muriyatilari tomonidan puxta tayyorgarliklar ko‘riladi. Respublikamiz miqyosida esa bozorlardagi mazkur holatlarni tartibga solib turish hokimiyatlar, boshqarmalar hamda bozor ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, bu mavsum har qancha iliq deya baholanmasin, o‘tgan haftada havo harorati keskin tushib ketganligi kuzatildi. Respublikamiz bo‘ylab -10 dan -50 gacha sovuq bo‘ldi, ayrim tog‘li hududlarda bu ko‘rsatkich -130gacha yetib bordi. Ba’zi joylarda 15-20 sm.da qor ham yog‘di.  Shunday ekan, fasllar ob-havosini baholashda yanglishmaslik, ortiqcha taxminlarga berilmaslik va eng muhimi avvaldan xulosa chiqarishga shoshilmasligimiz lozim.   Zero, hali yurtimizda qish fasli davom etmoqda.
Farida EGAMBERDIYEV tayyorladi


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6189 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: darakmi?, sovuq bahor, Iliq qish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
jahon8339 a bu ötgan yilniki ku? Bu yilnigi yömi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное