Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ilk uchrashuvning 5 oltin qoidasi

Birinchi uchrashuv har bir qiz hayotidagi hayajonli hodisa. «Yoqarmikanman, ko‘rinishi qanday, ortiqcha gapirib yubormasam bo‘ldi...» kabi fikrlar bir zumga bo‘lsada tinch qo‘ymaydi. Uchrashuv oldidan uyalib, tortinib kimga maslahat solishni bilmay qolishimiz ham bor gap. Bu boradagi oltinga teng maslahatlarni “SUG`DIYONA”ayollar klubi mutaxassisi, ruhshunos Go‘zal RO‘ZMATOVAdan olamiz. 
Birinchi taassurotni ikkinchi bor qoldirolmaysiz!
Aksariyat xatolar asabiylashish va hayajon tufayli sodir etiladi. Ba’zida qizlar chiroyli ko‘rinish uchun haddan ortiq tirishqoqlik qilib yuborishadi. Kechagina sotib olingan va hali sinovdan o‘tmagan ko‘ylak yoki poyabzalni birinchi uchrashuvda tajribadan o‘tkazish ham muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshisi o‘zingizga qulay va yarashgan ko‘ylakka ixtiyor bering. So‘zlashayotganda bor e’tiboringizni suhbatdoshingizga qaratsangiz fikringiz chalg‘iydi va hayajon biroz bosiladi. Agar kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasa, zinhor uchrashuvga chiqmang. Har doim uni keyinroqqa qoldirish imkoniyati mavjud.
Samimiylikni yo‘qotmang!
Har bir inson o‘z temperamenti va ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘ziga qayliq tanlaydi. Kimgadir sho‘x shaddod qizlar ma’qul kelsa, boshqalar og‘ir bosiqlarni tanlashadi. Shu sababdan “Barchaga birdek yoqishim kerak” degan fikrga chalg‘imang. Qizlarning asosiy xatosi uchrashuvni spektaklga aylantirib qo‘yishlarida aslida. Rolga kirib, o‘zingizga yot fazilatlarni ko‘z-ko‘z qilishga urinmang.
Bir ko‘rishda xulosa chiqarmang
Ha, bir bor nigoh tashlab sevib qolish mumkin, faqat hind filmlarida! Hayot esa kino emas, umr yo‘ldosh tanlashda nafaqat ko‘zlarimizga, balki qalb va aqlga ham tayanish darkor. Agar uning tashqi ko‘rinishi yoki gap-so‘zlari ko‘nglingizni iydirolmasa ichki tuyg‘ungizga quloq soling. Balki u ikkinchi uchrashuvga imkon berishingiz lozimligini shipshiyotgandir. Balki yigit ham sizga o‘xshab hayajonlanayotgandir. Odatda qizlar oq oti bo‘lmasada, aynan shahzodani kutishadi. Va qarshisida oddiy yigitni ko‘rib hafsalasi pir bo‘ladi. Shuning uchun hayolot olamida emas, real hayotda yashashni o‘rganing. 
Umumiy jihatlaringizni axtaring
Tasavvur qiling, siz kema kapitanisiz, shturval qo‘lingizda, hamma siz qaerga desangiz o‘sha tomon suzadi. Ammo shamolning yo‘nalishini ham e’tibordan qochirmang. Gap so‘zlar, xatti-harakatlaringizni mana shu shamolning yo‘nalishi (ya’ni yoningizdagi insonning ko‘ngli va istaklari)ga qarab ohista yo‘lga solib boring. Suhbatingiz dialog shaklida kechsin. “Ha” yoki “Yo‘q” javobli savollardan qochishga intiling. Masalan, “Yurist bo‘lib ishlaysizmi?” degandan ko‘ra, “Kasbingizni yaxshi ko‘rasizmi?” deb so‘rasangiz suhbatdoshingiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lasiz. Yana ikkingizga ham tanish va qiziqarli mavzular haqida so‘zlashing.
Yoqimli ifor tarating
Iforlarning inson ongiga ta’sir ko‘rsata olishi allaqachon o‘z isbotini topgan. Shu sababdan kishida yoqimli taassurot qoldirishni istasangiz albatta bu kichik detalga ham e’tibor qarating. Atirni toza va nam badanga  sepish tavsiya etiladi. Yaxshisi, ro‘parangizga uni purkab, so‘ng atirli yomg‘ir ostiga turing. Ammo me’yorni unutmang.
Siz hammadan chiroyli, aqllisiz! Baxtli bo‘lishga munosibsiz!  Muhimi, uchrashuvga “Yoqamanmi?” deb emas, “U menga ma’qul kelarmikan” degan fikr bilan otlaning. Siz, albatta, juftingizni topasiz!
KAMOLA tayyorladi.



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 25094 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ilk uchrashuv
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
azizkhan770 Kocha kormaganlaga maslaxat
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное