Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ishq Jodusi - All I want
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Immunitetni mustahkamlashning eng oson usullari

Aloe
Aloe yaproqlarini sovuq suvda yuvib, maydalab bo‘laklang-da, dokaga o‘rab, sharbatini siqib oling. 2 osh qoshiq aloe sharbatiga 1 choy qoshiq asal qo‘shib, 5-6 kun tindirib qo‘ying. Kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan oldin 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
Brusnika va klyukva
Brusnika va klyukva mevalaridan (bozorlarda sotiladi) kompot tayyorlab, har kuni 1 stakandan ichib turing.
Bodrezak (kalina) va anor
Anor donalari va bodrezak mevalarini teng miqdorda aralashtiring. Sovuq va salqin joyda usti yopiq idishda saqlang. Ushbu aralashmadan 1 osh qoshiq olib, ustidan yarim stakan xona haroratidagi qaynagan suv qo‘shing. 40 daqiqa davomida tindirib qo‘ying. Bunday ichimlikni kuniga 2-3 marta ichish kerak.
Yorongul
Infeksion kasalliklarning oldini olish maqsadida uyda (imkon bo‘lsa, ishxonada ham) yorongul o‘stiring. Undan ajralib chiqadigan moddalar bakteriya va viruslarni o‘ldiradi.
Jenshen
Grippni boshdan o‘tkazgan insonlarga kasallikning 5-7 kuni asal-jenshenli jele iste’mol qilish tavsiya etiladi. Giyohning quritib maydalangan ildizini asal bilan aralashtiring (25 gr. ildizga 700 gr. asal) va 10 kun davomida tindirib qo‘ying. Kuniga 3 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi. Davolash kursi — 2 oy.
Limon
Bitta limon sharbatini siqib olib, 1 litr qaynagan suvga aralashtiring. 5 osh qoshiq asal ham qo‘shing. Bu ichimlikni kun davomida ichib tugatish kerak.
Limon va sarimsoq piyoz
10 ta limonni po‘stlog‘i bilan birga mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Faqat danaklarini olib tashlang. Keyin 10 bo‘lak sarimsoq piyozni ham qirg‘ichdan o‘tkazing. Barini yaxshilab aralashtirib, ustidan 3 litr qaynab sovutilgan suv quying. 2 kun davomida qopqog‘i mahkam yopilgan idishda muzlatkichda saqlang. Ertalab och qoringa va kechqurun uyqudan oldin 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.
Piyoz
Gripp epidemiyasi vaqtida bir bosh piyozni ikkiga bo‘lib, 10-15 daqiqa davomida hidlang. Buni kuniga 3-4 marta takrorlang.
Sarimsoq piyoz
Bir necha bo‘lak sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rang. Likopchaga solib, uxlashdan oldin boshingiz tepasiga qo‘yib qo‘ying. Bu bilan yotoqxonangizdagi havoni mikroblardan tozalaysiz.
Na’matak
Yarim stakan quritilgan na’matak mevalari ustidan 1 litr suv quying. Olovga qo‘yib, 10 daqiqa qaynating.  Keyin 8-10 soat o‘rab qo‘ying-da, dokadan o‘tkazib oling. Erta tongdan boshlab har 2-3 soatda bir stakandan ichib turiladi (asal, murabbo, qand solib ichish ham mumkin). Davolash kursi — 1 hafta. Na’matakni termosga solib, asal qo‘shish, ustidan qaynoq suv quyib, bir kechaga qoldirish mumkin. Ertalab uyqudan uyg‘onguningizcha shifobaxsh ichimlik tayyor bo‘lib turadi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5738 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Immunitet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное