Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Instagram’ga yangi funksiya qo‘shildi

Instagram’ga yangi funksiya qo‘shildi

 

Instagram’da postlarni boshqa foydalanuvchilarga tavsiya etish yoki etmaslik to‘g‘risida yangi funksiya ishlab chiqildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ilgari Instagram foydalanuvchilarining postlari ba’zi qonun-qoidalarning buzilgani sababli boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmay qolar edi. “Shadow banning” (“soyani taqiqlash”) deb ataluvchi bu holat esa foydalanuvchilarning o‘ziga ma’lum qilinmasdi. Ya’ni mobodo siz yuklagan foto yoki video qandaydir sabablarga ko‘ra taqiqlab qo‘yilsa, bu haqda o‘zingiz bexabar qolar edingiz. 

Yangi qoidaga ko‘ra esa, agar foydalanuvchi biror nojo‘ya kontent tarqatmoqchi bo‘lsa, uning postlari bloklanadi va bu haqda unga xabar beriladi. Shundan so‘ng, foydalanuvchi postini o‘chirib tashlashi, tahrir qilishi yoki anglashilmovchilik bo‘lgan bo‘lsa Instagram’ga apellyatsiya yuborishi mumkin bo‘ladi. 

Instagram rahbari Adam Mosseri bu qaror “shaffoflik”ni ta’minlashini aytgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1689 | Рейтинг: 0| Рейтинг: funksiya, Instagram’ga, yangi, qo‘shildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное