Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Internet do‘konlari qanday kiyimlarni targ‘ib qilmoqda?


Libos nafaqat inson tanasini tashqi ta’sir, issiq va sovuqdan saqlovchi, balki kishining ma’naviy qiyofasi, jamiyatda tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar beruvchi vositadir.

Xo‘sh, bugungi kunda yoshlar qanday uslubda kiyinishni afzal ko‘rishmoqda? Ularning kiyinish madaniyatida milliylik ustivormi yoki zamonaviylik?

Zamonaviy kiyinish deganlari — ommaviy madaniyat targ‘iboti, aniqrog‘i ayrim “ahloqsiz” xorij xonanda-aktyorlarining kiyinish “an’anasiga” ko‘r-ko‘rona taqlid qilish bo‘lib qolmayaptimi?

Keling, shu haqda quyidagi nozik jins vakilalarining o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishiga izn beramiz...

Nozima Jo‘rayeva, talaba:
– Liboslar qanday uslubda bo‘lishidan qat’i nazar, avvalo, qulay bo‘lishi lozim. Men asosan zamonaviy uslubdagi kiyimlar: shim, futbolka, kalta yupkada yurishni afzal ko‘raman. To‘g‘ri, ko‘p hollarda kiyinishim borasida ota-onam tanbeh berishadi. Ammo qulaylik va zamonaviylik men uchun birinchi o‘rinda turadi.

Ra’no Jumayeva, o‘qituvchi:
– Me’yor — har jabhada hal qiluvchi mezon! Ba’zan yoshlarning kiyinishini ko‘rib, g‘ashim keladi. Nazarimda, ular o‘z me’yorlarini unutib qo‘yayotgandek... Kalta, tor-tanqis, milliyligimizni inkor qiluvchi liboslarni “zamonaviylik” deb atamagan bo‘lardim.

Qadimda Samarqandga tashrif buyurgan fransuz elchilari har safar Saroymulkxonimning kiyimlaridan andoza olib ketishgan. Aslida, bizning kiyinish madaniyatimizdan dunyo o‘rnak olsa arziydi.

Tengdoshlarimiz orasida bu kabi liboslarning shiddat bilan urfga kirayotganiga qaysi omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin?

Birinchidan, shou-biznes vakillari: xonanda, aktyor hamda suxandonlar kiyimlariga taqlid. Ikkinchidan, opa-singil tengdoshlariga havas. Uchinchidan esa internet do‘konlarining ommaviylashuvi va unga bo‘lgan qiziqishning kun sayin ortib borayotganidir.

Internet do‘konlarining ishlash mexanizmi qanday? Ular, eng avvalo, reklamadan unumli foydalanishadi. Ya’ni, o‘z mahsulotlarining rasmi va narxini internet tarmoqlariga joylashtirib, avvaliga tarmoqdagi guruhida mijoz yig‘ishadi. Keyingi bosqich xaridorlarning buyurtmasi asosida tovarlarni yetkazib berishdan iborat.

To‘g‘ri, “tirikchilik toshdan qattiq” degan naql bor. Ammo Turkiya va Xitoydan kelayotgan ayrim liboslar o‘zi bilan birga “ommaviy madaniyat”ni ham olib kelmayaptimikin?

Sharqona odobda erkak kishining ayol kishiday, ayol kishining erkak kishiday libos kiyishi man etilgan. Ayol kishining badanini tom ma’noda yashirmaydigan, yashirolmaydigan liboslar aslida kimlar uchun olib kelinmoqda va ularni kimlar kiymoqda?

Moda olamining yulduzlaridan biri Koko Shanelning quyidagi fikrlarini keltirishni joiz topdim: “Ayol kishining eng xunuk a’zosi — bu uning tizzasidir. Eng go‘zal libos ularning tizzasini yopgan kiyim hisoblanadi”.

Mahsulotini shiddat bilan sotayotgan internet do‘konlari kiyinish odobi, ya’ni kiyinish madaniyatining talablariga amal qilayaptimi? Yo‘q! Ular ko‘proq pul topish bilan ovvora... Xalqning iqtisodiy barkamolligi — ma’naviy zararga yetaklamasligi lozim!

Zebo Abduhalimova, talaba:
– Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali internet do‘konlariga obuna bo‘lganman... Bu turdagi do‘konlarning juda ko‘p qulayliklari mavjud. Yangi urf bo‘layotgan kiyimlar borasida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Biroq “o‘ta zamonaviy” liboslarni ko‘rib, nahotki shu kiyimni kiyishni qizlar o‘zlariga ep ko‘rishadi, deb o‘ylab qolaman.

Ayrim hollarda, buyurtmachilarning o‘zlari shu kiyimni kaltaroq yoki ochiqroq variant yo‘qmi, deb so‘rab qolishadi. Tadbirkor esa mijozidan ayrilib qolishdan qo‘rqib, ularning talablarini bajarishga harakat qiladi. Demak, ayb faqat sotuvchilarda emas, xaridorlarda ham!

Natijada, kundan kunga kalta-yu ochiq kiyimlar urfga kirib bormoqda...

Yarashtirib kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Bu san’atni egallash uchun faqatgina modaning ortidan quvmasdan, o‘z estetik didini shakllantirishi lozim.

Xalqimizda ajoyib bir naql bor. “Libosaro bo‘lguncha majlisaro bo‘l”. To‘g‘ri, did bilan tanlangan kiyim kishining husniga husn qo‘shishi mumkin. Ammo, insonning xulqi, odobi, muomala madaniyati uning haqiqiy go‘zalligidir.

Aziz mushtariy, mazkur mavzu yuzasidan Sizda qanday fikr-mulohazalar bor?

Ommaviy madaniyatning eng birinchi targ‘ibotchilari — internet do‘konlarimi? Balki bu yerda xaridorlarning istagi “hal qiluvchi kuch” bo‘layotgandir?

Maktublaringizni kutib qolamiz...

Mehrangiz G‘aniyev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10871 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qanday, targ‘ib qilmoqda, kiyim, Internet do‘kon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Ozbekiston O'zbeklar ibo xayosi bn ajralib turadi mo'dani ketidan quvsa yalangoch yuriwiga togri keladiyu savdogarlar magazinlar tavar olyatganda o'zbekligini unutme bizni mintelitimizga togri keladigon qulay yopiq kiyim sotsa o'wanga xama ko'nib xarid qiladiyu
Like | 0
Karomatullo Yangiliklar chozilib ketyapdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное