Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iOS’ning yangilanishi ayfonlar ishlashi sekinlashishiga olib keldi


Tadqiqotchi Melvin Mugxal iOS operasion tizimining yangilanishi uning ayfoni unumdorligini kamaytirganini aniqladi. Ba’zi hollarda smartfon ishlashi tezligi 50 foizgacha kamaygan.

Mugxal patch (yangilanma) o‘rnatilishidan oldin va keyin o‘zining iOS 11.2.2 operasion tizimli iPhone 6 smartfonini sinagan. Sinov bir xil sharoitda, fonda bajariluvchi dasturlarsiz o‘tkazilgan. Smartfonda, shuningdek, Jailbreak bo‘lmagan, ta’mirlash o‘tkazilmagan va tizim o‘zgartirilmagan. Sinovning barcha bandlariga ko‘ra smartfonning ishlashi 40-50 foizga kamaygan.

Apple kompaniyasi esa iOS 11.2.2 operasion tizimi yangilanishi foydalanuvchilar xavfsizligi nuqtai nazaridan juda muhimligini ta’kidlab, uni rad etmaslikni tavsiya qilmoqda. Yangilanma orqali 2017 yil o‘rtalarida aniqlangan Spectre nosozligi to‘g‘rilanadi. Bu nosozlik dasturlar himoyasidagi zaif joylar orqali xakerlarga boshqa dasturlardan ma’lumot olish imkonini beradi.

2017 yil dekabrda Apple kompaniyasi eski akkumulyatorlarga ega iPhone’lar ishlashini ataylab sekinlashtirishini tan olgan. Bu qurilmaning yuqori yuklanganlik vaqtida to‘satdan o‘chib qolishining oldini olish uchungina amalga oshirilgan.



Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2155 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iOS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное