Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iOS tizimini buza olgan 17 yoshli xakerni Apple ishga oldi

Internetda winocm niki bilan tanilgan 17 yoshli maktab o‘quvchisi Apple’ga ishga kirganligini ma’lum qildi. Bu haqda Cult of Mac blogi xabar bermoqda.

Apple’da qanday vazifaga ishga olishganini winocm aniq bayon etmagan, ammo uning faoliyat sohasiga qaralganda, kompaniya undan xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida foydalanishi mumkin. Chunki winocm internetda 2011-yildan buyon operatsion tizimlarni buzish bilan shug‘ullanuvchi hamda iOS’ning 6.1.3–6.1.5 versiyalari proshivkasi uchun jeylbrek chiqargan xaker sifatida mashhur.

2013-yili winocm iOS va OS X operatsion tizimlarining yadro kodlarini butunlay boshqatdan ko‘chirib chiqqan va ularni Apple mahsulotlaridan boshqa qurilmalarida ham ishlaydigan holatga keltirgan. O‘zining ta’kidlashicha, winocm dasturchilar jamoasi iPhone uchun operatsion tizim yaratishda bajargan ishlarning barchasini bitta o‘zi qaytadan qilib chiqqan. Natijada esa iOS operatsion tizimini Nokia N900 smartfoniga o‘rnatib ishga tushira olgan.

Hozirda 17 yoshda bo‘lgan winocm dasturlash ishiga to‘qqiz yasharligidan qiziqqan. Boshqa xakerlar kabi, u ham o‘zi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaydi, jumladan, asl ismi-sharifini bildirmaydi.

Apple bu yigitchani ishga olar ekan, xakerlar xizmatidan foydalanish an’anasini davom ettirmoqda, deya ta’kidlaydi Tjournal. 2011-yili kompaniya JailbreakMe yaratuvchisi Nikolas Allegrani yordamchi sifatida yollagan edi, o‘shandan beri u jeylbreyk yaratishda ishtirok etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Apple’dan bo‘shagan dizayner kompaniyadagi qiyinchiliklarni bayon etgan edi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4339 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Apple, iOS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Master6445 Hali yoshakan bola
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное