Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yangi iPhone ekrani besh dyuymdan katta bo‘lishi mumkin

Apple kompaniyasi 2014-yilda ikki xil iPhone smartfonlarini chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda, Apple rejalaridan boxabar bo‘lgan, nomi ma’lum qilinmagan manbalarga asoslanib The Wall Street Journal xabar bergan.

Har ikkala yangi smartfonning ekrani zamonaviy iPhone 5s va iPhone 5c modellaridan katta bo‘lishi kutilmoqda. Bittasining displeyi diagonali 4,5 dyuym, ikkinchisiniki esa "besh dyuymdan kattaroq” bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Samsung va LG kompaniyalari 2013-yilning kuzida botiq displeyli smartfonlarni taqdim etishgan. Ammo Apple ulardan o‘rnak olib, yangi qurilmalarini botiq displeyli qilish niyatida emas.

Yangi chiqadigan ikkala smartfonning ham korpusi alyuminiydan yasalgan iPhone 5s modeli korpusiga o‘xshaydi. iPhone 5c kabi plastik korpusli telefonlardan Apple voz kechishga qaror qilgan.

Apple har ikkala qurilmasini 2014-yilning ikkinchi yarmida namoyish etadi. Bu taxminan o‘tgan yilgi vaqtga to‘g‘ri keladi: 2013-yilda kompaniya iPhone 5s va iPhone 5c taqdimotini 10-sentabrda o‘tkazgan edi

Kichikroq ekranli yangi iPhone yaqin orada ishlab chiqarila boshlaydi, kattaroq ekranlisi esa hozircha ishlov berish jarayonida. The Wall Street Journal ta’kidlashicha, Apple rejalari hali o‘zgarishi ham mumkin.

 Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4085 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное