Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple bu yil uch xil iPhone ishlab chiqaradi


AQShning Apple kompaniyasi 2018 yilning oxirigacha bozorga iPhone smartfonlarining uchta yangi modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “vestifinans.ru” nashri xabar bermoqda.

Umummiy jihatdan, ushbu modellar D33 raqami ostida 6,5 dyumli (1242x2688) katta ekranga ega bo‘ladi va ularning korpusi deyarli iPhone 8 Plus ga teng bo‘ladi. Ammo yangi smartfonlarning ekrani romdan xoli bo‘ladi.

Modellar OLED texnologiyasi saqlangan holda Face ID – yuzni tanish va to‘lov o‘tkazish imkonini beruvchi dasturlarga ega bo‘ladi.

Taqdim etiladigan modellarda ikkita SIM karta o‘rnini qoldirish muhokama qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, kompaniya buning o‘rniga E-SIM tehnologiyasini afzal ko‘rishi mumkin. Chunki bu tehnologiya turli aloqa operatorlari bilan ikkita SIM kartasiz, bog‘lana oladi.

Taqdim qilinishi kutilayotgan modelning uch turda chiqarilishiga sabab uning xaridorgirligini ta’minlash, qolaversa, ushbu arzon versiyada A12 protsessori ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

Chiqariladigan modelning rangi oltin rangda bo‘lishi aytilgan. iPhone kompaniyasi oltin rangli telefonlarni ishlab chiqarishda Osiyo bozoridagi talablardan kelib chiqqanini ma’lum qildi.

Bozorda joriy yil kuzda iPhone Xning yangi versiyasi, “olmali” smartfonning qandaydir arzon versiyasi, shuningdek, ekranining o‘lchami rekord darajada bo‘ladigan iPhone paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Ikrom Rahmon



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3974 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uch xil, iphone, ishlab chiqaradi, bu yil, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное