Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Merlin-Soundtreck
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple ikki SIM-kartali iPhone chiqarishi mumkin

Apple kompaniyasi SIM-karta uchun ikkita slotga ega smartfonga patent oldi. Ekspertlarning aytishicha, ikki SIM-kartali iPhone’lar sentabr oyining boshidayoq taqdim etilishi mumkin. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tomonidan e’lon qilingan patent arizasi Dual SIM Dual Active (DSDA) texnologiyasini tavsiflaydi. Unga ko‘ra, ikkita SIM-karta doimiy ravishda faol holatda bo‘lib, bir-biridan mustaqil ravishda bitta yoki alohida-alohida operatorlarning tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.
Buni amalga oshirish uchun Apple smartfonni SIM-kartalar uchun ikkita slot, ikkita resiver, ikkita antenna va bitta radiouzatkich bilan ta’minlaydi. Ekspertlarning fikricha, 3,5 millimetrli portdan voz kechilishi barcha unsurlarni smartfon o‘lchamini kengaytirmasdan joylashtirish imkonini beradi.
Insayderlarning ta’kidlashicha, ikki SIM-kartali iPhone Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan budjet modifikatsiyasi bo‘lishi mumkin. Ushbu smartfon 3D Touch va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.
Ilgari ikkita slotga ega iPhone suratlari chop etilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4671 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone, Apple, ikki SIM-kartali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное