Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple bolalar qilgan xaridlar uchun 32 mln dollar tovon puli to‘laydi

Apple kompaniyasi o‘z mahsulotlaridan foydalanuvchilarga bolalarga mo‘ljallangan dasturlar ichidagi do‘konda ota-onalarining ruxsatisiz sarflangan mablag‘ni qoplash uchun 32,5 mln dollar tovon puli to‘laydi. Bu haqda "RIA Novosti” xabar berdi.

AQSh Federal savdo komissiyasining ta’kidlashicha, amerikaliklardan bolalar qilgan xaridlar haqida o‘n mingdan ortiq shikoyat xati tushgan. Agar bu xaridlarni bolalar ota-onalarning ruxsatisiz amalga oshirgan bo‘lsa, Apple kompaniyasi ularni qoplashga rozi bo‘ldi. Komissiya rahbari Edit Ramirezning so‘zlariga qaraganda, bu kabi holatlarda yuz, hattoki, ming dollarlab pul sarflangan.

App Store dasturlar do‘konidan xarid qilish uchun parol kiritish kerak. Biroq, komissiyaning ta’kidlashicha, xarid amalga oshirilgandan so‘ng 15 daqiqa ichida xaridni erkin, parol kiritmasdan ham amalga oshirish mumkin. Komissiya Apple kompaniyasidan foydalanuvchi xaridni bilib turib amalga oshirishini kafolatlashni talab qildi.

App Store dasturlar internet-do‘koni shunga o‘xshash xizmatlarning eng yirigi hisoblanadi. Apple ushbu internet-do‘konga o‘zining mahsulotlarini joylashtirgan ishlab chiqaruvchilarga 70% daromadni topshiradi. Apple’ning bosh rahbari Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda ishlab chiqaruvchilarga 13 milliarddan ortiq dollar to‘langan. App Store 2008-yilda ochilganidan buyon Apple mobil qurilma foydalanuvchilari dasturlarni 60 milliard marta ko‘chirib olgan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2877 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное