Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple yurak xurujlarini oldindan bildiruvchi qurilma ishlab chiqarmoqchi

Hozirda Apple kompaniyasi yurak xurujlarini oldindan aytib beruvchi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan mashg‘ul. Shuningdek, kompaniya bosh direktori Tesla Motors rahbari Ilon Mask bilan uchrashgan, deya xabar beradi SFGate.

THX (Tomlinson Holman’s eXperiment) hamda 10.2 (ikkita 5.1 tizimi) audio-standartlari yaratuvchisi Tomlinson Xolman tomonidan Apple uchun ishlab chiqilgan texnologiya tanadagi qon harakatining tovushiga qarab arteriyalarning holatini aniqlaydi. Tomirlarni "tinglash” uchun qurilma tanaga zich tegib turishi talab etiladi, shuning uchun ommaviy axborot vositalari mazkur texnologiya Apple’ning "aqlli soat”larida qo‘llanilishini taxmin qilishmoqda.

Keyingi bir necha oy davomida Apple tibbiyot sohasiga bir necha qadam tashladi. Joriy yilning 6-fevralida TechChrunch uning fitnes va uyqu bo‘yicha mutaxassislarni ishga yollayotgani haqida xabar qilgan edi. Shuningdek, 9to5mac portali  iOS 8 operatsion tizimida asosiy yangiliklardan biri Healthbook ("Salomatlik kitobi”) nomli yangi dastur bo‘lishi haqida yozgan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2543 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yurak, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное