Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli Bred Pittga yurak shaklidagi orol sovg‘a qilmoqchi


Gollivud aktrisasi Anjelina Joli turmush o‘rtog‘i Bred Pittga yurak shaklidagi kichik orolni sovg‘a qilmoqchi. Bu haqda Britaniyaning Mirror gazetasi tarqatgan xabarga tayanib, "RIA Novosti” ma’lum qildi.

Nyu-Yorkdan 80 kilometr shimolda joylashgan ushbu Petra orolining taxminiy narxi 20 million dollarni tashkil etadi. Joli ushbu g‘aroyib sovg‘ani turmush o‘rtog‘iga uning tavallud kunida — 50 yillik to‘yida topshirishi kutilmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, orolning maydoni 4,5 gektardan iborat bo‘lib, u yerda binolar majmuasi joylashgan. Uning qurilishi 1950-yilda Bred Pittning sevimli me’mori Frenk Rayt tomonidan boshlangan. Bundan tashqari, orolda vertolyot qo‘nishi uchun ham maxsus maydoncha mavjud.

Ta’kidlash joiz, ushbu taniqli juftlik ancha yillardan beri birga hayot kechirib, olti nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. Ulardan uch nafari asrandi bolalar. Shu bilan birga, ular turmush qurishga shoshilmayapti. Biroq, ba’zi OAVlarning tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, ular o‘tgan yil Rojdestvo arafasida Karib orollarida maxfiy ravishda o‘z nikohlarini rasmiylashtirgan.

 Manba:daryo.uz



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8209 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yurak, Bred Pitt, anjelina joli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Muslima979797 Yoge
Like | 0
bek Anjelena eriga orol olib berguncha bitta xotin olib bergani ma'qul menimcha
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное