Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli va Bred Pitt Turkiyadan villa sotib olishdi

Rossiya hukumati Turkiyaga parvozlarni bekor qilgan bir paytda Joli va Pittning bu davlatga mehri tushdi.
2014 yilda Gollivudning eng mashhur va badavlat juftliklaridan biri Anjelina Joli va Bred Pitt farzandlari bilan  Turkiyaning Urla shahrida bir necha kun bo‘lishgan edi. Do‘stlarining taklifi bilan kelgan juftlikka, yaxtadagi g‘arbiy sohillarga qilingan uzoq sayohat juda ma’qul bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, oradan birmuncha vaqt o‘tgach, ular  Turkiyaning g‘arbiy sohilidan 2.7 million dollarga villa sotib olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu uy 4 qavatli bo‘lib,  katta hovuzi, mashg‘ulot zallari bor.Umuman olganda,  juda qulay sharoitlarga ega. Villaning mashhur yulduzlar tomonidan sotib olingani haqidagi xabar tarqalgandan so‘ng, Urla  shahridagi uylar narxi yuqori suratlarda ko‘tarilib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli va Bred Pittning Fransiya va Buyuk Britaniyaning eng qimmat tumanlarida villa va koshonalari mavjud. Hozirda ular  Nyu-Orleandagi uylarini 6.5 million dollarga narxlab, sotuvga qo‘yishgan.
Umida Muxtorbekova


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5339 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sotib olishdi, Bred Pitt, TURKIYA, anjelina joli, villa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное