Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli va Bred Pitt yashash uchun Londonga ko‘chib kelishadi

Amerikalik aktyorlar oilasi Anjelina Joli va Bred Pitt o‘z farzandlari bilan birga yarim yilga Londonga tashrif buyuradi, deb yozmoqda Daily Mail.
Manbaning yozishicha, oila Buyuk Britaniya poytaxtida Pitt rol ijro etadigan «Jahon urushi Z» kartinasida suratga olinishi mobaynida istiqomat qilishadi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur juftlik yangi joyga mart oyida ko‘chib kelishi kutilmoqda.
Mazkur jangari janrdagi filmda Bred Pitt yana bir bor bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, u filmda prodyuser sifatida ham ish olib boradi. Gazetaning yozishicha, aktyor suratga olish ishlari bilan band bo‘lgan paytda uning rafiqasi ijtimoiy masalalar bilan, jumladan Yevropadagi muhojirlarni himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Pitt va Joli yashash uchun Londonni tanlashgan biroq aynan qaysi turar-joy binosini tanlash bo‘yicha bir qarorga kelishmagan. 2012 yilda Pitt «Maslahatchi», Joli esa «Malefisente» kartinasida suratga tushgan paytida juftlik aynan Londonda ijaraga uy olib yashashgandi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3536 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bred Pitt, anjelina joli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное