Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 7`ning haqiqitga yaqin konsepti namoyish etildi

Braziliyaning Kabo Frio shahrida istiqomat qiluvchi dizayner Artur Reys 2016 yilning sentabr oyida taqdim etiladigan iPhone 7 dizayni uchun ikkinchi konseptni ishlab chiqdi va Behance xizmatidagi o‘z sahifasida uning rasmi va videotasvirini e’lon qildi.
U model dizayni uchun iPhone 6s flagmenini asos qilib olgan. Konseptning displeyi paneli yangi smartfonning displeyi haqida haqqoniy tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Dizaynerning tasdiqlashicha, uning iPhone 7 uchun ikkinchi loyihasi amaliy jihatdan ham kelajakdagi qurilmalarning tashqi ko‘rinishi bilan butunlay mos keladi.
Artur Reys avvalgi flagmenlarga nisbatan uning korpusi ixchamroq bo‘lishini istagan. Loyihaga suvga chidamli va 3D Touch texnologiyasi asosidagi AMOLED-displeyi o‘rnatilgan.
An’anaviy 3,5 mm.lik audiojek mavjud emas. Uning o‘rnini qo‘shimcha dinamiklar egallagan. Dizayner apparatning tashqi ko‘rinishi ustida ham ishlagan va simsiz garnituralar, shuningdek, modelning simsiz quvvatlash qurilmasi bo‘lishiga ham e’tibor qilgan.
Dizayner Artur Reys bo‘lajak Apple iPhone 7 smartfoni uchun birinchi konseptni yanvar oyi o‘rtasida, Behance xizmatining o‘z sahifasida namoyish etgandi.


 


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 7246 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 7
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
tolkin_91_30 Admin dizayn shovni yangi konserti xaqida malumotlar yoqmi? Masalan disklari qachon chiqadi? Yoki inetga qachon chiqad deganday
админhabar bob qolsa yozamiz.
Like | 0
begzod118 >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное