Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 8 12-sentabr kuni taqdim etilishi mumkin


Bir nechta aloqa operatorlaridan tarqalib ketgan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bir yo‘la uchta yangi smartfonini avval taxmin qilinganidek, 17-sentabrda emas, balki 12-sentabrda taqdim etadi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Insayderlar ta’kidlashicha, mobil aloqa operatorlariga allaqachon Apple taqdimoti qachon bo‘lib o‘tishi xabar qilingan, chunki ular bozorda bir yo‘la uchta yangi qurilma paydo bo‘lishiga oldindan tayyorlanishi kerak.

Taqdimot 12-sentabr kuni o‘tkazilishi, iPhone 7s va iPhone 8 ni o‘sha haftada — 15-sentabr kuniyoq oldindan buyurtma qilishni boshlash mumkin bo‘lishi, bozorga esa 22-sentabrda chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, ba’zi Xitoy manbalariga ko‘ra, iPhone 8 64, 256 va 512 Gb hajmli xotiralar bilan chiqadi.

Yangi iPhone’lar bilan birgalikda, sentabrdagi tadbirda Apple Watch’ning yangi avlodi va Apple TV uchun yangilanma taqdim etiladi, deb yozadi ba’zi manbalar.



Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3603 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 8
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное