Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

iPhone 8 ni ishlab chiqarish boshlangani ma’lum qilindi


Apple kompaniyasi iPhone 8 smartfonlarini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda OnLeaks taxallusi bilan mashhur insayder Stiv Xammerstoffer ma’lum qildi.

Xammerstoffer o‘z manbalariga asoslanib ma’lum qilishicha, ishlab chiqarishga reja bo‘yicha kirishilgan va iPhone 8 ning savdolari boshlanishi bilan kechikishlar bo‘lmasligi lozim.

Bundan tashqari, bu yangilik ishlab chiqarish jarayonidan yanada ko‘proq ma’lumotlar sizib chiqishiga imkon yaratadi. Shu sababli ham iPhone 8 rasmiy taqdimotiga qadar to‘la fosh etib qo‘yilishi mumkin.

Ayni vatqda, ba’zi manbalarga ko‘ra, iPhone 8 biroz kech savdoga chiqariladi. Bu nafaqat OLED-displeylar yetishmovchiligi bilan, balki texnik muammolar bilan ham bog‘liq. Deutsche Bank tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, Apple muhandislari ba’zi texnologiyalarni ro‘yobga chiqarishda muammolarga duch kelgan.

Yangi iPhone kuzda, Apple kompaniyasining an’anaviy taqdimoti vaqtida namoyish etilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon hoshiyasiz OLED-dislpeyli bo‘ladi. Shuningdek, unda simsiz quvvatlantirish tizimi va yuz skaneri bo‘lishi ham kutilmoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3605 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iPhone 8
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
farhod8483 iPhone zurde faqat Narhi xam zur bizga iPhone 5 xam buluradi %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное