Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

Isiriq tufayli umrbod qamoq jazosiga hukm qilinish mumkin
Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bundan xabari bo‘lmagan jo‘natuvchi shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.

O‘zbekistondan Novorossiysk portiga kelgan konteynerda rossiyalik bojxonachilar bir tonnadan ortiq isiriq topdi. Keyinchalik u yuk kemasida Yaqin Sharq davlatlaridan biriga yuborilishi kerak edi, deb xabar berdi «Kuban 24» telekanali.

Konteynerda isiriqdan tashqari, quritilgan mevalar, na’matak, idish-tovoq va zig‘ir yog‘i ham bor edi.
«Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida keyingi tadqiqotlar uchun quritilgan o‘simlikdan namunalar oldik. Ekspertiza shuni ko‘rsatdiki, «garmala» ko‘p yillik o‘t o‘simligi tarkibida Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari ro‘yxatiga kiritilgan «garmin» giyohvandlik moddasi bor», - dedi Novorossiysk bojxona posti boshlig‘i Vadim Pronin.
Kontrabanda fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Yukni yuborgan shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. 



Manba:Kun.uz
Категория:
Просмотров: 711 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tufayli, jazosiga, qilinish, hukm, mumkin, qamoq, Umrbod, Isiriq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное