Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Jumong-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoylik ayol singlisi tufayli ikki marta turmush qurgan bo‘lib qoldi

Xitoyning Szyansu viloyatidagi yashovchi Du Xun ismli xitoylik ayol bir vaqtning o‘zida ikkita erkakka turmushga chiqqanlikda ayblanib sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, Xunning singlisi Du Szyuan 2006 yilda o‘sha paytda hali turmushga chiqmagan opasining identifikasion kartasidan foydalanib, turmush qurgan.
Qiz turmushga chiqish uchun ruxsat berilgan minimal yosh, ya’ni 20 yoshga to‘lmagani sababli shunday qilgan. Xun turmushga chiqqandan keyin o‘z singlisining nayrangidan o‘zining nomiga nikohning bekor qilinishi haqidagi xabar kelgandan keyin voqif bo‘ldi. Ayol bilan uning singlisi Szyuanning eri – Tao Vey ajrashayotgan bo‘lib chiqdi.
Siyan okrugi sud hakami Sin Szyunning aytishicha, Szyuan va Vey Anxa viloyatida turmush qurganlarida Xun yashaydigan Szyansu hukumatiga bu nikohning qayd qilingani haqida hech qanday ma’lumot tushmagani sabab ushbu yolg‘on uzoq vaqt oshkor bo‘lmay kelgan. Xitoyda pasport mavjud emas. Shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjat ID-karta hisoblanib, unda nikoh haqida ma’lumot bo‘lmaydi. Nikoh tuzilganda juftlikka nikoh haqidagi guvohnoma beriladi.
Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, poligamiya (bir jinsning ikkinchi jinsning bir nechta vakili bilan turmush qurishi) ikki yilgacha ozodlikdavn mahrum etish bilan jazolanadi. Bu jinoyatda ayblov qo‘yish uchun er-xotindan birining arizasi zarur bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8808 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ikki marta, Ayol, Xitoylik, tufayli, bo‘lib qoldi, turmush qurgan, singlisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Myufanatic001 Xm yaman bobdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное