Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ispaniya va Portugaliyada issiqdan vafot etganlar 1,7 mingdan oshdi


Portugaliya va Ispaniyadagi jazirama to‘lqinlar 1700 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosi rahbari Xans Klyugening bugun, 22 iyul kuni agentlik saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

“Bu yil biz birgina Ispaniya va Portugaliyadagi jazirama paytida 1700 dan ortiq o‘limga guvoh bo‘ldik”, deyiladi hujjatda.

Klugening ta’kidlashicha, u o‘rmon yong‘inlari hozir hatto shimolda, Skandinaviyada ham sodir bo‘layotganidan xavotirda, bu hafta Londondagi yong‘inlar 41 uyni vayron qilgan.

Yaqinda bir qator Yevropa davlatlarida anomal issiq havo kuzatilmoqda. Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) vakili Robert Stefanskiy Yevropada havoning haddan tashqari yuqori harorati kelasi hafta o‘rtalarigacha davom etishini aytdi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 713 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ispaniya, oshdi, etganlar, issiqdan, mingdan, vafot, Portugaliya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное