Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2780 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2015 yil 15 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2780 so‘m 5 tiyin etib belgilandi. Bu 10 dekabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 85 tiyinga ko‘p.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket 11 haftadan beri kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.
10 dekabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3049 so‘m 63 tiyin (10 dekabrdagi kursga nisbatan 76 so‘m 13 tiyin qimmat — Yevroittifoq valyutasining so‘mga nisbatan kursi o‘tgan hafta 45,62 so‘mga o‘sgan edi), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 19 tiyin (10 dekabrdagi kursga nisbatan 29 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2578 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oshdi, 2780 so‘m, dollarning rasmiy kursi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное