Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jahongir Otajonov Shahzoda bilan duet kuylash taklifini rad etganini aytdi





Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov 28-29 oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan “Kuz gullari” nomli konsert dasturi oldidan OAV xodimlari ishtirokida Matbuot anjumani tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Jurnalistlar bilan yuzma-yuz muloqotga kirishgan Otajonov ko‘plab savollarga javob berar ekan, o‘zbek estradasida o‘zining “oliy nav”  bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
 
Xonanda boshqa hamkasblarining ijodiga baho berish barobarida, duetlar borasidagi savollarni ham ochiq qoldirmadi.
 
“Duet aytish oson ish emas. Yaqinda xonanda Shahzodaning men bilan duet kuylamoqchiligi haqidagi xabarni yetkazishdi. Avvalo, taklif uchun raxmat! Shahzodani hurmat qilaman. Ko‘chada yursak meni tanimasliklari mumkin, ammo Shahzodani tanishlari aniq. Taklifga kelsak, u boshqa janrda ijod qiladi.  Qo‘shiqlari xalq tiliga tez o‘rnashadi. To‘g‘risi, uning taklifiga javob bera olmadim...(o‘ylanib) Ijodda o‘zimning vaznim bilan uning vaznini tasavvur qila olmadim. Balki u bilan duet kuylasam, mashhurlikka erisharman. Ammo mashhurlik uchun ijod qilinmaydi-ku.  Men uchun qo‘shiq aytishdan oson ish yo‘q, lekin bu duet chiroyli chiqmasdi”, deydi Jahongir Otajonov.
 
Xonanda duetlar borasidagi fikrlarini davom ettirar ekan, qachonlardir xorazmlik hamkasbi Feruza Jumaniyozovaga birgalikda duet kuylash taklifini bildirgani, uning ma’muri esa “Avval, ashulangni eshitib ko‘ray”, deganidan keyin qayta bu taklifni bermaganini aytdi.
 
“Bundan 15 yil avval, xonanda Sevara Nazarxonga duet kuylash taklifini bildirgandim. U rozi bo‘ldi, keyin esa Sevara bilan uchrashmadik”, deydi Jahongir Otajonov. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5486 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jahongir Otajonov, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Jonli ijrosi orqali hamma tanisa kere bu insonni
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное