Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jahongir Otajonovning Yulduz Usmonovaga javob berdi (video)


11 mart kuni “Turkiston” saroyida “Lola” deb nomlangan konsert dasturi start oldi. 

Avvalroq xonanda bahorgi konsert dasturidan Yulduz Usmonovaga atalgan tarona ham joy olganini ma`lum qilgandi.

Jahongir Otajonovning mazkur taronasi O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 2005 yildagi konsert dasturida “Xorazmlik qizlarga” nomli qo`shig`iga javob bo`ladi.

Jahongir Otajonov ushbu taronasi haqida shunday degandi:

“Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan ushbu qo`shiq o`shanda nafsoniyatimga tekkandi. Ushbu qo`shig`imni yaratganimga ancha bo`lgan biroq ayrim sabablarga ko`ra qo`shiq taqdim etmagandim. Yangi konsertimda Yulduz Usmonovaga javoban “Xush kelibsiz Xorazmga” deb qo`shiq kuyladim.

Yulduz Usmonovani san`atkor sifatida hurmat qilaman, ustoz deb bilaman. Balki Yulduz Usmonova meni yomon ko`rib qolar ushbu qo`shig`imdan so`ng, ammo barbir kuylayman. Mening maqsadim xorazmlik opa-singillarimning javobini qaytarish, xorazmlik yigit sifatida bu meni burchim deb bilaman”, deya fikrini muxtasar qiladi Jahongir Otajonov.

Darakchi.uz nashri konsertning ikkinchi kunida mehmon bo`ldi. Konsert dasturiga tashrif buyurolmagan xonandaning muxlislari uchun mazkur taronani videoga muhrladik.





Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7384 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jahongir Otajonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное