Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jajji egizaklar va Rayhon: "Biz sizlarni sevamiz!"

Rayhon farzandli bo‘lgach, uning hayoti butunlay o‘zgardi. Taqdir uni ikki ko‘zmunchoq bilan siyladi. Hayoti nurga to‘lgan xonanda esa baxtidan shu qadar mamnunki, buni uning rasmiy sahifalaridagi postlaridan ham payqash mumkin. Rayhon o‘z oilasining mustahkamligini, baxtining butunligini shu egizaklarining kulgularida, muhabbat ila bekamo‘ ko‘st ulg‘ayayotganida ko‘radi. Islom va Imron – o‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzi, minglab muxlislarning sevimli yulduzi, bir baxtli onaning hayot mazmuniga aylangani rost. Jajji egizaklariga bag‘ishlab, Rayhon qo‘shiq kuyladi, tavallud kunlarini bayramchaga aylantirdi. Endi esa anchayin ulg‘ayib qolgan dilbandlari bilan bir umr esda qolishga arzigulik  fotojamlanma yaratdi. Ijodining bosh motivatsiyasi muhabbat sanalmish xonanda fotojamlanmaga ham bir olam ona-bolaning mehr-muhabbatini sochdi!
Fotojarayondan ilhomlangan Rayhon shunday xulosasini bayon etadi:
-Inson ulg‘ayib borgani sayin bo‘m-bo‘sh gap-so‘zlar, mish-mishlar, arzon spektakllar, asabiylashish va jazavalardan uzoqlashar ekan. Shunchaki shinam uy, mazali kechki ovqat, farzandlarning kulgusi va quvonchi hamda qahvangga qancha shakar solinishini biladigan yaqin insoning bo‘lishi istagi uyg‘onarkan.
Hammaga shunday baxt lazzatini totish nasib aylasin!
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12348 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
bibijon Admin nega chatga ham forumga ham yozolmayapman va hech kimga xabar xam jonatolmayapman. Iltimos yordam bering :'(
админchatda ham, forumda ham izoh qoldirishingiz mumkin, faqat vaqtincha habar jo'natish saxifasi ish faoliyatida emas!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное