Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Jasur G‘oipovdan yangi qo‘shiqni qarshi oling!

Qo‘shiqlari va kliplari orqali tobora xalq nazariga tushib borayotgan Jasur G‘oipov ijodidagi navbatdagi taronani bugun e’tiboringizga havola etmoqda. 
"Hayotim" deya nomlangan qo‘shiq ilk bora "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali jarang sochdi. Aytish kerakki, bu qo‘shiqning premerasi nafaqat muxlislar tomonidan, balki shou-biznes vakillari tomonidan ham kutilgan edi.Sababi ijtimoiy tarmoqlar orqali anonslar taqdim etilganida, qiziqishlar soni ko‘p ekanligiga guvoh bo‘ldik. 
Taronaning so‘zi va musiqasi Iqbol Muhammadjonovga tegishli. Aranjirovka muallifi esa Jasur Badalboyevdir. Jasur G‘oipovning ijrosi ila mukammal holga kelgan qo‘shiq tinglovchilarning a’lo bahosiga erisha oldi. Katta olqishlar bilan kutib olingan tarona tez orada xit darajasiga ko‘tarilishiga ishonamiz! 
Jasur G‘oipov tomonidan taqdim etilayotgan yangi "Hayotim" nomli qo‘shiqni saytimiz orqali tinglab, bahramand bo‘lishingiz mumkin!
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 2829 | Рейтинг: 1| Рейтинг: JASUR G‘OIPOV
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное