Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jasur G‘oipovning bahor mavsumi uchun tayyorlagan tuhfalari bisyor

Shou-biznes olamiga o‘zining noodatiy yo‘nalishdagi ijodi bilan jadal qadamlar bilan kirib kelgan Jasur G‘oipov shu kunlarda muxlislari uchun bir qator tuhfalar tayyorlamoqda. Shulardan biri haqida bugun saytimiz orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin. 
2015-yil uchun ijodiy rejalari ulkan bo‘lgan ijodkor yaqinda "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali yangi "Yoningda bo‘lay" nomli qo‘shiqni taqdim etgandi. Bu qo‘shiq uchun ijodkorning prodyuseri Jamshid Hojiniyozov boshchiligida videoklip suratga olingani haqda xabar berilgandi. 
Jasur Shametov operatorligi ostida olib borilgan tasvirga olish ishlari butkul yakunlanib, ayni kunlarda montaj ishlari olib borilmoqda. Ijodkor saytimiz jamoasiga eksklyuziv ravishda suratga olish jarayonidan olingan videorolikni taqdim etdi. Videorolik orqali bu klip ustida bir necha mahoratli va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ijodkorlar mehnat qilishganiga guvoh bo‘lasiz. 
Trek yo‘nalishida tayyorlanishi mo‘ljallangan klip mart oyida premera sifatidi muxlislarga taqdim etiladi. Shu vaqtgacha esa yana bir klip va qo‘shiq tayyor ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda batafsil keyinroq ma’lumot beramiz!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3557 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: JASUR G‘OIPOV
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
5913435 Jasur G'oipovga omad )))
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное