Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Javlon Shodmonovdan kutilgan komediya “Payshanbadan payshanbagacha 2”

O‘zining iqtidori va mehnati bilan xalqimiz nazariga tushgan serqirra ijodkor, iste’dodli rejissyor va komik aktyor Javlon Shodmonovning uzoq kutilgan komediya janrida suratga olingan “Payshanbadan payshanbagacha 2” deb nomlangan yangi kartinasi katta ekranlarga chiqish arafasida.
Bu film allaqachon tomoshabinlar qalbidan joy olgan “Payshanbadan payshanbagacha”  kino asarining davomi hisoblanadi. Bosh rollarni barchamizning sevimli aktyorlarimiz Muhammadiso Abdulxayirov, Farhod Abdullaev va Shukrullo Isroilovlar ijro etishgan. Bundan tashqari, kartinada Gulchehra Nosirova, Hosiyat Husanova, Muyassar Berdiqulovalarni ham ko‘rishingiz mumkin.
Ssenariy mualliflari Qobil Samigov, Javlon Shodmonov va Jasur Shodmonov. Shuni alohida aytib o‘tishimiz mumkinki, Qobil Samigov bosh rol qahramonlaridan birini ijro etgan. Operator Nusrat Husanov, pardozchi va rassom Aziza Husanova. Rejissyorning xabar berishicha, qish faslida tasvirga olingan bu filmning premerasi avgust oyining oxirlariga mo‘ljallanmoqda.
Ilk namoyishidayoq kino ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otgan “Payshanbadan payshanbagacha” kinosining davomi ya’ni “Payshanbadan payshanbagacha 2” muxlislarni qay darajada o‘ziga jalb qilar ekan? Birinchisi kabi uzoq vaqt eng talabgor filmlar qatoridan o‘rin egallarmikan. Buni albatta kartinaning taqdimotidan so‘ng bilib olamiz. Hozir esa suratga olish jarayonidan taqdim etilgan fotosuratlardan bahramand bo‘ling va yangi kutilgan komediya namoyishini kutib qoling.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6186 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 2| Рейтинг: komediya, kutilgan, Payshanbadan payshanbagacha 2, Javlon Shodmonov, Payshanbadan payshanbagacha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
boalish qachon kurish mumkin bu kinoni?
Like | 0
Shahruz kutib qolamiz...)))
Like | 0
@Kamilla@ Har bir ijod tagida mehnat yotadi :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное