Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Jizzaxda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

“O‘zavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash marosimi “O‘zavtosanoat”da bo‘lib o‘tdi. Kelishuv predmeti “Jizzax” EIZda “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarilgan texnikani sotish tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Zavod Volkswagen konsernining yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan bir necha modeldagi yengil tijorat avtomobillarini to‘liq sanoat sikli bo‘yicha ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

“Folksvagen Grup Rus” yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, shuningdek xodimlarni o‘qitishni amalga oshiradi. Zavod Volkswagen konsernining ishlab chiqarish, sifat, xaridlar, yetkazib berish va sotuv tizimlari boshqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq ish yuritadi. Shuningdek, korxona rejalariga mahalliy avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini (bugungi kunda ular “O‘zavtosanoat” AJga tegishli 30 ta yirik zavod va 160 dan ziyod o‘rta hamda kichik korxonalardan iborat) jalb qilish orqali muayyan mahalliylashtirish darajasini ta’minlash ham kiradi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 000 dona avtomobilga teng bo‘ladi.
Aholisi soni 34 million kishidan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarish, kichik va o‘rta biznesning yanada rivojlanishi uchun yirik salohiyatga ega. Mamlakatda yengil tijorat avtomobillarining bozori o‘sish uchun istiqbolli segment sanaladi.
“Engil tijorat avtomobillari segmenti bugungi kunda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi yagona o‘zlashtirilmagan yo‘nalish sanaladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mahalliy avtomobil sanoati taraqqiyotida yangi salmoqli qadamni qo‘yish imkonini beradi. Yangi qo‘shma korxona, aholining bandligini oshirish barobarida, O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishning yanada o‘sishiga xizmat qiladi”,- qayd etdi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi janob Shavkat Umurzoqov.
“Folksvagen Grup Rus” bosh direktori Markus Ozegovich: “O‘zbekiston avtomobil bozori jo‘shqin rivojlanmoqda va barcha segmentlarda katta o‘sish salohiyatiga ega. Ham konsernimiz mahsuloti, ham dilerlik markazlaridagi yuksak xizmat ko‘rsatish darajasi o‘zbek iste’molchilari tomonidan munosib baholanishiga aminmiz”.
Bitim doirasida tomonlar hamkorlikni 2020 yilda Volkswagen Caddy modelini ishlab chiqarish va sotish bilan boshlashga kelishib oldilar, u ikkita modifikatsiyada taklif etiladi: 7 o‘rinli yo‘lovchi universali va yuk furgoni. Ushbu model ham tijorat, ham oilaviy foydalanishga mo‘ljallangan. Avtomobil quvvati 110 o.k. va hajmi 1,6 litrli tejamkor benzinli dvigatel  bilan jihozlanadi. Shahar sikli rejimida yoqilg‘i sarfi 100 km.ga 9,3 l., trassada – 100 km.ga 6,1 l.ga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, hamkorlik doirasida kelajakda Volkswagen Group konsernining keng modellar qatoridan boshqa namunalarni ham ishlab chiqarish va keltirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.


Manba:sof.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3116 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jizzax, volkswagen
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное