Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Joan Rouling “Garri Potter” haqidagi yangi kitobi sirlarini oshkor etdi

Garri Potterning sarguzashtlari haqidagi xikoyalarning yangi qismi chop etilishi haqidagi yangiliklar tarqalgach, bu borada film muxlislari o‘rtasida juda katta bahs boshlandi. Shu munosabat bilan muallif Joan Rouling yangilikka oydinlik kiritdi. Bu haqda "Popcornnews.ru" nashri ma’lumot bermoqda.

U “Garri Potter va la’natlangan bola” hali to‘liq kitob shakliga kelmaganini aytib o‘tdi.

O‘zining Twitter´dagi sahifasida Rouling asar “Garri Potter va la’natlangan bola” pesasi kitob shaklidagi ssenariy sifatida chop etilishini aytgan. Ushbu pesa Londonda 2016 yilning yozida omma e’tiboriga havola etiladi.

“Bu “Garri Potter”dan boshqa, alohida roman. Chunki voqealar rivojida 19 yildan keyingi holat aks etgan bo‘ladi”, – deydi Rouling.

“Garri Potter va la’natlangan bola” asari endilikda 3 nafar maktab o‘quvchilarini tarbiyalayotgan va Sehrgarlik vazirligida ishlayotgan Garri haqida hikoya qiladi. Garrining o‘zi o‘tmish bilan aloqalarini uzolmay turgan bir vaqtda uning kichik o‘g‘li Albus hech qachon ega bo‘lishni xohlamagan oilaviy “meros” uchun kurashadi.

Garri Potter haqidagi yangi kitob “Garri Potter va la’natlangan bola” pesasining premerasidan so‘ng, 2016 yilning 31 iyulida o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi. 
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7041 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Garri Potter
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное