Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Joan Rouling “Garri Potter”ni yozgan stul 394 ming dollarga sotildi

Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling “Garri Potter”ning dastlabki ikki tomini yozgan eman stul Nyu-Yorkdagi Heritage Auctions auksionida o‘zini oshkor etishni istamagan xaridorga 394 ming dollarga sotildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
1930-yilda tayyorlangan stul Rouling 1990-yillar o‘rtalarida yashagan Edinburgdagi munitsipal kvartirada bo‘lgan. O‘tirgich bo‘ylab “Men shu stulda o‘tirib ‘Garri Potter’ni yozganman” degan yozuv bitilgan. Stul suyanchig‘iga mazkur buyum haqida tashqi ko‘rinishiga qarab baho bermaslik haqidagi iltimos va Rouling dasxati tushirilgan.
Yozuvchi 2002-yildayoq stulni xayriya tashkilotiga topshirgan, oradan yetti yil o‘tib u 29 ming dollarga sotilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3756 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Garri Potter
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Odilbek3346 Pulini qayerga ishlatishni bilmedigon odam ekan shu haridor
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное