Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Choli Qushi-soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

JOKUda talabani do‘pposlaganlardan biri “uchdi”. Ikkisining taqdiri rektorning qo‘lida qolmoqda
Avvalroq, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 4-bosqich talabasi rektorga salom bermagani vaji bilan muassasa xodimlari (ikki nafar) tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Holat bo‘yicha universitet Odob-axloq komissiyasi bayonot berib, talabani do‘pposlagan xodim lavozimidan ozod etilganini bildirdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Odob-axloq komissiyasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bugun, 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan.  

“Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 9 sentyabr kuni universitet talabasi J.Mahmudov hamda universitet xodimlari U.Rustamov, X.Mirzayev, F.Ochilovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik holati ko‘rib chiqildi. O‘rganishga ko‘ra, universitet xodimi X.Mirzayev talaba bilan o‘zaro qo‘pol muomala sababli shaxsiy tortishuvga borganligi ma’lum bo‘ldi. Vaziyat universitet profilaktika noziri H.Sodiqov tomonidan o‘rganib chiqilgan va shu kunning o‘zida tomonlar yarashuvi qarori qabul qilinib, masalaga yechim berilganligi aniqlandi. 

Biroq, yarashuv qarori qabul qilinganiga qaramay, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari buzilganligi yuzasidan chora ko‘rilishi lozim deb topildi. 

Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo chorasi, ya’ni o‘z vakolati doirasidan tashqariga chiqqanligi sababli X.Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, deyiladi bayonotda. 

Tu’kidlanishicha, mushtlashuvning boshqa ishtirokchilari – xodimlar U.Rustamov va F.Ochilovga nisbatan hayfsan intizomiy chorasini qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingan. Shuningdek, universitet rahbariyatiga o‘z vaqtida xabar bermaganligi sababali profilaktika noziri kapitan H.Sodiqovga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi bo‘yicha tuman ichki ishlar organiga tavsiya yuborilgan. 

“Shuni yana bir bora ta’kidlaymizki, universitet ma’muriyati ustoz-shogird an’analari, talabalar huquqini himoya qilish va jamoada o‘zaro hurmat kabi qadriyatlarga qat’iy rioya qiladi”, deyiladi rasmiy ma’lumotda. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 801 | Рейтинг: 0| Рейтинг: taqdiri, JOKU, rektorning, do‘pposlaganlardan, Ikkisining, qolmoqda, talabani, biri, qo‘lida, uchdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное