Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shahrisabzdagi bog‘chada bolalardan biri ko‘p qon yo‘qotishi natijasida vafot etdi.
Shahrisabzdagi bog‘chada bolalardan biri ko‘p qon yo‘qotishi natijasida vafot etdi. MTV rasmiy ma’lumot berdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalardan biri vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2022 yil 28 iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida qatnamaydigan, 2014 yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotida aytishicha, tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.

Tushlik paytida opa-singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib o‘ynagan. Natijada, hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. 

Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 680 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘p, qon, biri, etdi., Shahrisabzdagi, yo‘qotishi, bog‘chada, vafot, bolalardan, natijasida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное