Krishtianu Ronalduning 2021-yil Instagram’da eng ko‘p layk to‘plagan surati
Krishtianu Ronaldu layklar soni bo‘yicha bir necha yildan buyon birinchi o‘rinni egallab keladi. Bu safar futbolchi Jorjiana Rodriges bilan birga UZI tasviri aks etgan foto bilan bo‘lishgan. Yulduz tomonidan joylangan mazkur post 32 milliondan ko‘proq layk to‘plagan.
“Biz egizak farzand kutayotganimizni e’lon qilishdan xursandman. Qalbimiz mehrga to‘la. Sizlar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutamiz”, — deb yozgan Ronaldu. Ma’lumot uchun, Ronaldu bir necha yildan beri Rodriges bilan birga hayot kechiradi. Ularning 3 yoshli Alana Martina ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, Rodriges Ronalduning surrogat onadan tug‘ilgan uch nafar farzandiga ham onalik qiladi.