Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Green Card uchun anketa to‘ldirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xatolik


Diversity Visa Lottery — har yili o‘tkaziladigan lotereya bo‘lib, unda Amerika 200 ta mamlakat o‘rtasida 55 mingta immigratsiya vizalarini o‘ynaydi. Lotereya yutib chiqish — Amerikada istiqomat uchun guvohnomaga ega bo‘lishning eng ommabop va oson usuli.

Lotereyada qatnashish uchun anketa to‘ldiriladi, unda shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi va fotosurat ilova qilinadi. Ammo ba’zi kamchiliklar tufayli ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Anketa lotereya o‘yinidan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘luvchi asosiy xatoliklar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Bitta odamning nomidan to‘ldirilgan, bir xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi takror anketalar

Ko‘pincha bu ariza beruvchi va unga yordam berayotgan shaxsning bir-biridan bexabar tarzdagi xatti-harajatlari natijasidir. Masalan, qaysidir tanishingizdan siz uchun anketa to‘ldirib berishini so‘radingiz, bo‘sh vaqtingiz bo‘lib qolganida esa uni o‘zingiz to‘ldirishga qaror qildingiz. Keyinroq esa u allaqachon siz uchun anketa to‘ldirib yuborganidan xabar topdingiz. U holda yuz foizlik ehtimol bilan ikkala anketangiz ham Green Card tizimidan o‘chirib yuboriladi.

O‘zaro biroz farq qiluvchi ma’lumotlardan iborat takror anketalar

Masalan, anketani to‘ldirib yuborganingizdan keyin xatolikka yo‘l qo‘yganingiz esingizga tushdi. Vaziyatni tuzatish uchun yana bitta anketani to‘ldirasiz va bu safar to‘g‘ri ma’lumotlarni kiritasiz. Biroq lotereyaning avtomatik tizimi vaziyatni nomaqbul deb topadi va ikkala anketani ham tizimdan chiqarib tashlaydi.

Eski fotosurat

Bu arizani to‘ldirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolikdir. Avvalgi lotereyada yutgan-yutmaganingizdan qat’i nazar, anketa uchun fotosurat kamida olti oy avval olingan bo‘lishi kerak.

Fotosuratga grafik redaktorlar yordamida ishlov berish

Qoidalarga ko‘ra, suratga grafik redaktorlar orqali kuchli ishlov berish taqiqlanadi. Eng ko‘pi bilan fonga ishlov berish mumkin, lekin buni ham o‘z ishining ustalari amalga oshirgani ma’qulroq.

Farzandlar haqidagi band

Ishtirokchining arizasida turmush qurmagan va 21 yoshgacha bo‘lgan farzandlarining barchasi ko‘rsatilishi kerak. Ular sizning o‘z farzandlaringiz bo‘ladimi yoki turmush o‘rtog‘ingizning farzandlari yo bo‘lmasa rasman asrab olingan bolalaringiz bo‘ladimi — hammasi ko‘rsatilishi kerak, aks holda diskvalifikatsiya qilinasiz.

 

Green Card lotereyasida qatnashish uchun anketalarni qabul qilish boshlanishi bilan, ma’lum haq evaziga anketa to‘ldirib berish xizmatlarini taklif qiluvchilar ko‘paydi. Xususan, e’lonlar saytlarida bunday takliflar talaygina.



Aslida har bir kishi Green Card uchun arizani o‘zi mustaqil ravishda bepul to‘ldirishi mumkin. Anketa AQSH fuqarolik va immigratsiya xizmati rasmiy saytida to‘ldiriladi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1650 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘p, 5 ta xatolik, Uchun, to‘ldirishda, anketa, qo‘yiladigan, eng, yo‘l, Green card
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Xaliqov Muhriddin Xaqberdi ug'li пишет: | 06.10.2022 | 13:53 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Nimalar qilsam buladi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное