Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng arzon shaharlar ro‘yxatiga kirdi
Toshkent chet elliklar yashashi uchun eng arzon shahar sifatida Mercer kompaniyasi tuzgan “Cost of Living Survey”  reytingida dastlabki o‘ntalikka kirdi. 
 
Qayd etilishicha, Anqara, Bishkek va Dushanbe xorijliklar yashashi uchun eng arzon shaharlarning birinchi uchligidan joy olgan. Kuchli o‘ntalikka Jazoir, Tunis, Istanbul, Karachi, Islomobod, Olma-Ota va Toshkent kirgan.

Turkmaniston poytaxti Ashxobod va Rossiya shaharlari reytingga kiritilmagan.

Gonkong xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar sifatida tan olingan. Eng qimmat shaharlar o‘ntaligiga Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio, Pekin va Shveysariyaning to‘rtta shahri: Syurix, Jeneva, Bazel va Bern kiritilgan.

Reyting dunyoning yirik shaharlarida ishlayotgan xorijlik mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov asosida tuzilgan.

Tadqiqot mualliflari shaharlarni 200 dan ortiq tovar va xizmatlar, jumladan, uy-joy ijarasi, jamoat transporti, oziq-ovqat, kiyim-kechak va ko‘ngilochar xizmatlar narxidan kelib chiqib baholagan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 632 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yashashi, xorijliklar, arzon, Toshkent, kirdi, shaharlar, Uchun, ro‘yxatiga, eng
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное