Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda qaysi viloyatlar aholisi “svet”dan eng ko‘p noqonuniy foydalanishi aytildi

O‘zbekistonda elektr energiyasidan eng ko‘p Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy foydalanilyapti. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma’lum qildi.

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan tadbirlarda 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari, energo tizimi korxonalari, davlat tashkilotlarida hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 718 ta holat aniqlangan. Buning natijasida, elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 ta iste’molchi tomonidan 87,1 mlrd so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan.

Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan 758 ta iste’molchi tomonidan tizimga 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida aniqlandi.

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 3207 ta ijtimoiy soha ob’ektidagi o‘rnatilgan tashqi, ichki elektr va issiqlik qurilmalari hamda isitish uchun o‘rnatilgan qozonlarning holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 1995 ta muassasaning texnik holati qoniqarsiz ekanligi aniqlangan. Shuningdek, ko‘mir omborlarida ko‘mir yoqilg‘isining saqlanishi holati yuzasidan ko‘mir bilan ishlaydigan 2687 ta muassasaning 834 tasida ko‘mir saqlash omborining holati qoniqarsiz ekani ma’lum bo‘lgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1308 | Рейтинг: 0| Рейтинг: “svet, Dan, ko‘p, aholisi, O‘zbekiston, foydalanishi, viloyatlar, aytildi, Qaysi, noqonuniy, eng
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное