Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston noyabrda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, noyabr oyida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 21,5 tonnaga kamaygan. Bu 2021-yil yanvaridan beri birinchi marta qisqartirish hisoblanadi.

Aynan noyabr oyida oltin narxi oxirgi 5 oy ichida maksimal darajaga yetgan — har unsiya uchun 1866 dollar. O‘zbekiston esa oltinni eng yuqori cho‘qqisida sotishga harakat qilmoqda.

Oltin O‘zbekistondan (21,5 tonna) tashqari Turkiya (7 tonna), Rossiya (3,1 tonna) va Qirg‘iziston (1,4 tonna) tomonidan ham faol sotilgan.

Boshqa regulyatorlar ozroq bo‘lsa-da, oltin zaxiralarini ko‘paytirgan. Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Qozog‘iston (4,3 tonna), Polsha (3,4 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.

WGC dunyo markaziy banklaridan 2021-yil oxirigacha jami oltin zaxirasini oshirishini kutmoqda. Birgina birinchi chorakda ular 100 tonnaga yaqin, ikkinchi chorakda esa deyarli 200 tonna xarid qilgan.

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida oltin savdosi O‘zbekiston Markaziy bankiga 4,1 milliard dollar daromad keltirgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu summaning 40 foizdan ortig‘i noyabr oyiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston eksportidagi noyob metallning ulushi 2020-yilning 11 oyida 40 foizdan 2021-yilning shu davridagi 26 foizga qisqargan. Biroq oltin respublikaning eng yirik eksport mahsuloti bo‘lib qolmoqda.

 

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1347 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo‘ldi, Dunyoda, sotgan, ko‘p, Oltin, davlat, O‘zbekiston, eng, noyabrda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное