Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Futbolning eng ko‘p tituliga ega futbolchisi qamaldi. U maxbuslarga o‘rnak bo‘lmoqda

Zo‘ravonlikda ayblanayotgan braziliyalik futbolchi Dani Alves qamoqda ko‘proq muddatga qolib ketishi mumkin. Bu haqda “La Vanguardia” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi qamoqxonada namunali xulqi bilan boshqa mahbuslardan ajralib turgan. 26 yanvar kuni Alves qamoqxonada futbol o‘yinida ham ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, futbolchiga kamerada eski tanishi Koutino sherik bo‘ladi. Koutino qamoqxonada “Barselona”ning sobiq hujumchisi Ronaldinoning qo‘riqchisi bo‘lib ishlagan.

Dani Alves 20 yanvar kuni hibsga olingandi. U Barselonadagi tungi klublardan birida 23 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda. 39 yoshli futbolchi 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Alves – dunyoning eng ko‘p titulini qo‘lga kiritgan futbolchisi. U Fransiya, Italiya, Ispaniya chempionatlarida g‘olib bo‘lgan va shu mamlakatlarning milliy kuboklarini ham qo‘lga kiritgan. Braziliya terma jamoasi tarkibida himoyachi Olimpiya o‘yinlari va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, ikki martadan Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritdi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1820 | Рейтинг: 0| Рейтинг: U maxbuslarga, ega, bo‘lmoqda, o‘rnak, ko‘p, Futbol, futbolchisi, qamaldi, tituliga, eng
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное