Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Chelsi” futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshiradi
“Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandes “Chelsi”ga o‘tadi.
Jurnalist Janluka de Marsioning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining umumiy narxi 127 million yevroni tashkil etadi. “Chelsi” Portugaliya klubi so‘ragan 120 millioni yevroni to‘laydi. Undan tashqari barcha summani birdan bermagani uchun yana qo‘shimcha 7 million to‘lab beradi.

London klubi 21 yoshli futbolchining transfer summasini 3 ga bo‘lib to‘laydi. Transfer tez orada rasmiylashtiriladi.

Agarda Enso “Chelsi” safiga o‘tsa, tarixdagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi. Faqatgina besh nafar futbolchiga 127 milliondan ortiq pul to‘langan.

 

Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar top-10 ligi (Fernandesning “Chelsi”ga o‘tish ehtimoli hisobga olinganda):

1. Neymar – 222 million yevro, “Barselona”dan “PSJ”ga, 2017/18-yilgi mavsum;

2. Kilian Mbappe – 180 mln yevro, “Monako”dan “PSJ”ga, 2018/19-yilgi mavsum;

3. Usmon Dembele – 140 mln yevro, “Borussiya D”dan “Barselona”ga, 2017/18-yilgi mavsum;

4. Filippe Koutinyo – 135 mln yevro, “Liverpul”dan “Barselona”ga, 2017/18-yilgi mavsum;

5. Joau Feliks – 127,2 mln yevro, “Benfika”dan “Atletiko”ga, 2019/20-yilgi mavsum;

6. Enso Fernandes – 127 mln ​​evro, “Benfiki”dan “Chelsi”ga, 2022/23-yilgi mavsum;

7. Antuan Grizmann – 120 mln yevro, “Atletiko”dan “Barselona”ga, 2019/20-yilgi mavsum;

8. Jek Grilish – 117,5 mln yevro, “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga, 2021/22-yilgi mavsum;

9. Krishtianu Ronaldu – 117 mln ​​evro, “Real”dan “Yuventus”ga, 2018/19-yilgi mavsum;

10. Eden Azar – 115 mln yevro, “Chelsi”dan “Real”ga, 2019/20-yilgi mavsum.



Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1572 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Futbol, chelsi, birini, oshiradi, eng, tarixidagi, qimmat, transferlardan, amalga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное